67-mavzu: sugʼURTALOVCHILAR VA sugʼurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat qoidalari
67-MAVZU: SUGʼURTALOVCHILAR VA SUGʼURTA VOSITACHILARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BOʼYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARI
REJA:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning iqtisodiy mohiyati va qonunchilik hujjatlari. 2. Sugʼurtalovchilar va sugʼurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat. Tayanch iboralar : Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning iqtisodiy mohiyati va qonunchilik hujjatlari. Sugʼurtalovchilar va sugʼurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat. Tavakkalchilik darajasini, shubhali operatsiyalarni aniqlash va baholash, ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash.. Mamlakatimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bu borada xalqaro huquq normalari va tamoyillari asosida 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy va institutsional baza shakllantirildi. Shuningdek, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bugungi kundagi tahdidlar, avvalo, qurol-yaroq, giyohvandlik va odam savdosi hamda transchegaraviy noqonuniy moliyaviy operatsiyalarning tobora kuchayib borayotgani jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari talablari, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (keyingi o‘rinlarda — FATF) standartlarini inobatga olgan holda, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijasi bo‘yicha ishlab chiqilgan:
Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish tahdidlari, ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib, yangi shakl kasb etmoqda.
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichida davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish, moliya tizimi barqarorligini ta’minlash jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Shu bilan birga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda — FATF) standartlariga, shuningdek, xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Strategiya jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek, milliy tizimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini (keyingi o‘rinlarda — milliy tizim) yanada mustahkamlash Strategiyaning asosiy maqsadidir.
Quyidagilar Strategiyada belgilangan maqsadga erishishning vazifalari hisoblanadi:
milliy tizimni xalqaro hujjatlarga va andozalarga muvofiqligini ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining barvaqt profilaktikasini ta’minlash;
respublikaning moliya tizimini har qanday jinoiy tajovuzlardan himoya qilish hamda yanada mustahkamlash;
respublika hududida terrorizm xavflarini kamaytirish, ekstremizm, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlariga barham berish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb etilgan davlat organlari, moliyaviy va nomoliyaviy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash;
xorijiy davlatlar, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish;
axborot almashinuvi hamda ma’lumotlarga ishlov berishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali mavjud xavf-xatarlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish.
Milliy tizim jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.
Milliy tizim terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu borada mustahkam huquqiy baza hamda institutsional tuzilma yaratilgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va chora-tadbirlarni tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hamda Idoralararo komissiya tashkil etilgan.
Sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda 100 ga yaqin boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Bunday jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash, o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish tadbirlariga 20 dan ortiq davlat organlari hamda 7 mingdan ziyod pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar jalb etilgan.
Xorijiy davlatlarning maxsus vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid 17 ta kelishuvlar imzolangan, “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhi doirasida 162 ta xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilinmoqda.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining to‘laqonli a’zosi sifatida faol ishtirok etib kelinmoqda hamda mazkur tashkilotga a’zo-davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar milliy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi bilan birga davlat va uning iqtisodiy institutlarining normal faoliyat ko‘rsatishiga, moliya tizimi barqarorligiga hamda davlatning xalqaro maydondagi obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimida quyidagi tavakkalchiliklar mavjud:
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:
yalpi ichki mahsulotda yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi;
soxta tadbirkorlik faoliyatini yuritish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarning mavjudligi;
korrupsiya, bojxona va soliq sohasidagi jinoyatlar, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlarning saqlanib qolinishi;
naqd pul bilan bog‘liq to‘lovlarning keng tarqalganligi hamda transchegaraviy pul o‘tkazmalarining yuqoriligi;
b) terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi tavakkalchiliklar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlardagi turli ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishi;
terrorchilarning katta moliyaviy xarajatlar talab qilmaydigan individual terrorchilik harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq yangi usullarga o‘tishi;
terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish uchun yangi moliyaviy vositalar va texnologiyalardan, shu jumladan moliyaviy operatsiyalar ishtirokchilarining maxfiyligini ta’minlash imkonini beradigan “kraudfanding” usullaridan keng foydalanilishi.