Bioelektron asboblar tirikorganizmlarda axborot saqlash va qayta ishlash prinsipi va strukturasiga asoslangan holda, funksional imkoniyatlariga ko‘ra inson ongiga yaqinlashtirilgan o‘ta murakkab axborot qayta ishlash tizimini yaratish uchun qshlanladi.
Asab tizimi neyron nomini olgan panjaralardan tashkil topgan. Neyronlar, qaerda joylashishidan qat’iy nazar, bir xil strukturaga ega va deyarli bir xil mantiqiy xarakteristikalarga egadirlar. Ular takomillashgan universal mantiqiy elementlar hisoblanadilar. Neyronlar asosida sodda va tartibli neyron tizimlari quriladi, ya’ni yagona element asosida inson ongigina echa oladigan murakkab masalalarni echa olish qobiliyatiga ega bo‘lgan tizim yaratish mumkin. Neyron jism va bir (yoki ko‘p0 kirish (dentdrit) va chiqish (akson) o‘simtadan tashkil topgan. Bir neyron aksoni bilan keyingi neyron dendriti birikkan joy sinaps deb ataladi. Neyronlar odatda uch sinfga bo‘linadi: sensor datchiklariga yaqinlashtirilgan energiyaga javob tariqasida signal generatsiyalovchi -sensor neyronlar; aktivlikni boshqaruvchi to‘qimalarga signallar uzatuvchi - motorli neyronlar; sensor va motor neyronlarni birlashtiruvchi -assotsiativ neyronlar.
Ong yoki markaziy asos tizimi asosan uchinchi tur neyronlardan tashkil topgan. Neyronning o‘zi uni o‘rab turgan suyuqlikdan yupqa membrana bilan izolyasiyalangan va uning ichidagi metobolik jarayon tufayli neyronni o‘rab turgan suyuqlikda natriy ionlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramay manfiy kaliy ionlarining ortiqcha konsentratsiyasi mavjud bo‘ladi. Membrana orqali kaliy diffuziyasini oldini olish maqsadadida, unda 70 mV kechiktiruvchi potensial ushlab turiladi.