Masala 2.1.11.- 2.1.20 So‘z – o‘zbek alifbosidagi ixtiyoriy chekli harflar ketma-ketligidir. Quyida berilgan so‘zlardagi harflardan nechta so‘z yasash mumkin?
2.1.11. BISSEKTRISSA; 2.1.12. PARABOLA; 2.1.13. GIPERBOLA;
2.1.14. ELLIPS; 2.1.15. SIMMETRIK; 2.1.16. PARALEL;
2.1.17. PARALELOGRAM; 2.1.18. PARALELOPIPED; 2.1.19. REFLEKSIV;
2.1.20. TRANZITIV. 2.1.21. Mevalar korzinkasida 2 ta olma, 3ta nok, 4 ta apelsin bor. Har kuni bitta meva yeyish mumkin bo‘lsa, buni necha xil usulda amalga oshirish mukin?
2.1.22. Talabalar turar joyida 1 kishilik, 2, kishilik va 4 kishilik xonalar mavjud. 7 ta talabani necha xil usulda joylashtirish mumkin?
2.1.23. Shaxmat taxtasining birinchi gorizontalida oq shaxmat donalari komplekti: 1ta shox, 1ta farzin, 2 ta ot, 2 ta fil, 2 ta to‘rani necha xil usulda joylashtirish mumkin?
2.1.24. Beshta A harfi va ko‘pi bilan 3 ta B harfidan nechta so‘z yasash mumkin?
2.1.25. 7xil gul turidan 3 tadan yoki 5 tadan qilib nechta gul buketi yasash mumkin?
2.1. Takrorlanuvchi o‘rin almashtirishlarga doir topshiriq(na’muna) 2.1.0. “Matematika” so‘zidagi harflardan nechta so‘z yasash mumkin?
S hu o‘rinda eslatib o‘tamiz BMI, magistrlik dissertatsiyasi yoki ilmiy ishingizda ko‘p miqdordagi takrorlanuvchi o‘rin almashtirishlarni hisoblashga to‘g‘ri kelsa, unda Excel dasturlar paketidagi МУЛЬТИНОМ komandasidan foydalanish mumkin: Masalan ekanligini tezlik bilan
hisoblash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.