}
Programmada d, b o‘zgaruvchilar e’lonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi.
Quyida C++ tilidagi sodda programma matni keltirilgan.
# include // sarlavha faylni qo‘shish
int main () // bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
cout << “Salom Olam! “\n”; // satrni chop etish
return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
} // blok tugashi
Programma bajarilishi natijasida ekranga "Salom Olam!" satri chop etiladi.
Programmaning 1-satrida #inc1ude.. preprotsessor direktivasi bo‘lib, programma kodiga oqimli ‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h » sarlavha aylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi hart va programma shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali o‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
cout « ;
Bu yerda sifatida o‘zgaruvchi yoki sintaksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o‘zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish kerak).
Masalan:
int uzg=324;
cout<<
Berilganlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) o‘qish quyidagi formatda amalga oshiriladi:
cin>> ;
Bu yerda qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchining nomi.
Misol:
int Yosh;
cout <<”Yoshingizni kiriting_”;
cin>>Yosh;
Butun turdagi Yosh o‘zgaruvchisi kiritilgan qiymatni o‘zlashtiradi. Kiritilgan qiymatni o‘zgaruvchi turiga mos kelishini tekshirish mas’uliyati programma tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi. Bir paytning o‘zida probel () vositasida bir nechta va har xil turdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish tugmasini bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni o‘zgaruvchilar sonidan ko‘p bo‘lsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib qoladi.
# include
int main (){
int x,y;
float z;
cin>>x>>y>>z;
cout << “O’qilgan qiymatlar \n”;
cout<return 0;
}
O‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali
10 20 3.14
harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ' . ' belgisi bilan ajratiladi.
C++ tilining kalit so‘zlariga quyidagilar kiradi:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin emas.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BN, _BL, _BX, _EVX, _CL, _CN, _CX, _ESX, _DN, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESR, EBP, _FS, __GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, __BP, SP, DS, _ES, SS, _FLAGS.
Bulardan tashqari «_» (ikkita tag chiziq) belgilaridan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli '_' va «_» belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan maqul. Identifikator belgilar orasida probel ishlatish mumkin emas, zarur bo‘lganda uning o‘rniga '_' ishlatish mumkin: silindr_radiusi, aylana_diametri.
Dostları ilə paylaş: |