7- mavzu: Agrobisnesda innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 98,22 Kb.
səhifə1/4
tarix11.06.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#128390
  1   2   3   4
7 mavzu AGROBIZNESDA INNOVATSIYALARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

7- mavzu: Agrobisnesda innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.

REJA:

1. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.

2. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida qo‘llanilayotgan innovatsiyalarning turlari.

Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.

 

Tayanch iboralar: innovatsiya, “aqlli qishloq xo‘jaligi”, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, buyumlar interneti, qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalar.

 

1. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.

  • 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunida innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.
  • Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko‘pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko‘pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo‘lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar. Ushbu ta’riflarni umumlashtirgan holda, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsiya – bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida korxona faoliyatiga ilm-fan yutuqlarini joriy etishdir.

Yer sayyorasi aholisi yaqin 30 yil ichida 2 milliardga ko‘payib, hozirdagi 7,7 milliard kishidan 2050-yilda 9,7 milliardga, asr oxiriga esa 11 milliardga yetishi mumkin. Aholi sonining ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ham unga mutanosib ravishda ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, suv taqchilligi va ekin maydonlarining cheklanganligi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Bu muammolarni esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini innovatsion usullar asosida boshqarish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, “aqlli qishloq xo‘jaligi” orqali hal etish mumkin. Innovatsiyalar qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini intensiv rivojlantirish, sohaga resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va hajmini keskin oshirish imkonini beradi.

  • Yer sayyorasi aholisi yaqin 30 yil ichida 2 milliardga ko‘payib, hozirdagi 7,7 milliard kishidan 2050-yilda 9,7 milliardga, asr oxiriga esa 11 milliardga yetishi mumkin. Aholi sonining ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ham unga mutanosib ravishda ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, suv taqchilligi va ekin maydonlarining cheklanganligi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Bu muammolarni esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini innovatsion usullar asosida boshqarish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, “aqlli qishloq xo‘jaligi” orqali hal etish mumkin. Innovatsiyalar qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini intensiv rivojlantirish, sohaga resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va hajmini keskin oshirish imkonini beradi.

Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin