4-jadval. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining dinamikasi15
Yillar
Inflyatsiya
Qayta moliyalash stavkasi (yil oxiriga)
Tijorat banklari kreditlarining o’rtacha foiz stavkasi
2003
3,8
20 (yillik)
29,5
2004
3,7
18 (yillik)
22,6
2005
7,8
16 (yillik)
21,2
2006
6,8
14 (yillik)
18,8
2007
6,8
14 (yillik)
17,2
2008
7,8
14 (yillik)
16,6
2009
7,4
14 (yillik)
16,2
2010
7,3
14 (yillik)
15,8
2011
7,4
12 (yillik)
13,8
2012
7,0
12 (yillik)
13,6
2013
6,8
12 (yillik)
12,4
2014
6,1
10 (yillik)
10,5
2015
5,6
9 (yillik)
10,0
2016
5,7
9 (йиллик)
9,6
O’tgan yillar mobaynida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o’sish jarayonlarini rag’batlantirish maqsadlariga yo’naltirildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2015 yilning 1 yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi va yil davomida o’zgartirilmagan holda saqlab turildi. Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul massasining prognoz ko’rsatkichlaridan past bo’lishini ta’minlash va inflyatsiya darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
Mamlakatimizda 2015 yilda pul bozorida, shu jumladan, tijorat banklarining depozit va kredit operatsiyalari bo’yicha o’rnatilgan foiz stavkalari pasayish dinamikasi kuzatildi.
Jumladan, 2015 yil 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasining 1 foizli bandga pasaytirilishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar ta’sirida 2015 yilda jami depozitlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 7,7 foizdan 6,7 foizgacha pasaydi.Shuningdek, 2015 yilda pul bozorida ham moliyaviy resurslar narxlarining arzonlashishi kuzatilib, banklararo kredit operatsiyalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi 2015 yilning birinchi choragida kuzatilgan o’rtacha 9,7 foizdan yil oxiriga kelib 9,2 foizgacha pasaydi. O’z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda tijorat banklarining kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi16.
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag’lari etishmasligi muammosini va ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollardagina hal qilish maqsadida beriladi. Qayta moliyalash stavkasi qanchalik past bo’lsa tijorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari shunchalik kengayadi. O’z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko’paytiradi.
Markaziy banklar tomonidan qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi, tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olish imkoniyatini kengaytiradi va past foiz stavkalarida o’z mijozlarini kreditlash hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi talab va taklifdan hamda joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati o’tgan yillar mobaynida eng ko’p qo’llanilgan instrument hisoblanadi. Milliy valyuta kiritilgan paytdan boshlab to hozirgi davrgacha Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini yiliga bir necha marta o’zgartirganini kuzatish mumkin. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, dastlabki yillari qayta moliyalashtirish stavkasi darajasi ancha yuqori bo’lgan bo’lsada, u pasayish tendentsiyasiga ega bo’lib kelmoqda.
Markaziy bank mamlakatdagi pul muomalasi holatiga javob bergan holda o’zining foiz siyosati orqali mamlaktdagi baholar barqarorligi, ustuvor makroiqtisodiy ko’rsatkichlar muvofiqligi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashi kerak. O’z navbatida bu jarrayonda jamiyatning barcha qatlami vakillari manfaatlarini hisobga olgan holda harakatlanish muhim hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish uni modernizatsiya qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning sababi shundaki, mamlakat bank tizimi iqtisodiyotning real sektorida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari talablariga to’liq javob berishi lozim.
E’tirof etish joizki, so’nggi yillarda respublikamiz bank tizimini rivojlantirish borasida zalvorli yutuqlarga erishildi. Chunonchi, tijorat banklarining yuqori darajadagi to’lovga qobilligi ta’minlandi. 2016 yilning 1 yanvar holatiga, respublikamiz tijorat banklari umumiy kapitalining etarlilik darajasi 23,6 foizni tashkil etdi17. Bu esa, Bazel qo’mitasi tomonidan tijorat banklari umumiy kapitalining etarliligiga nisbatan Bazel-1 standartida belgilangan minimal me’yoriy talabdan qariyb 3 barobar yuqoridir.
Yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, mamlakat bank tizimini modernizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan ayrim dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana shunday muammolardan biri – bu Markaziy bank zaxira talabnomalarining tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirining saqlanib qolayotganligidir. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, birinchidan, Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari nisbatan yuqoridir. Ikkinchidan, majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobarqamidan olib qo’yilib, Markaziy bankning balansida deponent qilinmoqda. Uchinchidan, kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobarqamidan olib qo’yilmoqda. Holbuki, mazkur holat Bazel standartlarida ko’zda tutilmagan. To’rtinchidan, Markaziy bankning diskont kreditlari va ochiq bozor operatsiyalari orqali tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etish imkoniyati mavjud emas.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali respublika Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalarini darajasiga baho beramiz.
Quyidagi rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari nisbatan yuqoridir. Buning ustiga, majburiy zaxira ajratmalari banklarning balansidan olib qo’yiladi.