Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organ larining huquq doirasiga
quyidagilar kiradi:
—ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
—ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ularga
rahbarlik qilish;
—davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bili m saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’m inlash;
—o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik t exnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
o‘quv va o‘quvuslubiy adabiyotlarni yaratish va nas hr etishni tashkil qilish;
—ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyas i va davlat ta’lim
muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni t asdiklash;
—davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinl ash to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
—pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni tashkil etish;
—qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. Ta’l im muassasasini boshqarish:
—ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi;
— ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari ham tashkil etilishi mumkin.
Nazorat savol va topshiriqlari:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda xalq ta’limi bo‘liml ari tomonidan boshqarish maqsadlarini yoriting.
Maktabgacha ta’limi vazirligining tashkiliy tizimi va ish mazmuni nimalardan iborat?
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish faoliyatini yoritib bering.
Maktabgacha ta’limi bo‘limi nazoratchi uslubchisi va unga qo‘yilgan talablar nimalardan iborat?
Nazoratchiuslubchi faoliyatining mazmuni nimalardan iborat?
Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: |