7- sinf O’zbekiston nazorat ishi 1. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr nechaga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan? A) 9. B) 10. C) 11. D) 12.
2. Qaysi hududda tashkil topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar? A) Sharqiy Turkiston va Yettisuv B) Mo’g’uliston va Yettisuv
C) Mo’g’uliston D) Yettisuv
3. Amir Temur qachon tavallud topgan? A) 1336-yil 9-aprel. B) 1336-yil 10-aprel.
C) 1336-yil 11-aprel. D) 1336-yil 12-aprel.
4. Amir Temur qayerda tavallud topgan? A) Kesh. B) Naxshab. C) Choch. D) Poykand.
5. “Loy jangi” qayerda sodir bo’ladi? A) Samarqand bilan Kattaqo’rg’on yaqinidagi Zarafshon daryosi bo’yida
B) Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida
C) Kesh bilan Nasaf yaqinidagi Qashqadaryo yaqinida
D) Qunduz shahri yonida
6. “Loy jangi” qanday natija bilan tugaydi? A) Ilyosxo’ja g’alabasi bilan
B) Amir Temur g’alabasi bilan
C) o’zaro sulh bilan
D) Ilyosxo’ja mag’lubiyatga uchrasada, Amir Husayn bilan bir tomonlama sulh tuzishga erishdi
7. 1365-yil Ilyosxo’ja hech qanday qarshilikka uchramay, qaysi shaharlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi? 1. O’ratepa. 2. Termiz. 3. Xo’jand. 4. Jizzax.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4.
8. Sarbadorlar harakati Movarounnahrda qachon va nima sababdan vujudga keldi? A) XIV asrning 60-yillarida Amir Temur mag’lubiyati bilan B) XIV asrning 60-yillarida Ilyosxo’ja mag’lubiyati bilan C) XIV asrning 60-yillarida Erondagi turkmanlar hujumi bilan
9. Qayerda Amir Temurning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi? A) Balxdagi Somon qishlog'ida.
B) Urganchdagi Karaul qishlog’ida.
C) Termizdagi Biyo qishlog’ida.
D) Keshdagi Xojailg’or qishlog’ida.
10. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo’llab-quvvatlab, unga nima tortiq qiladi? A) Oq tulpor B) Oliy hokimiyat ramzi qilich va qalqon
C) Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq
D) Oliy hokimiyat ramzi oltin toj va tarozi
11. Qachon Balx shahri Amir Temurga taslim bo’ladi? A) 1370-yil 9-aprel. B) 1370-yil 10-aprel.
C) 1370-yil 11-aprel. D) 1370-yil 12-aprel.
12. Qachon Amir Husayn qatl etiladi? A) 1370-yil 9-aprel. B) 1370-yil 10-aprel.
C) 1370-yil 11-aprel. D) 1370-yil 12-aprel.
13. Amir Temur necha yil davomida mamlakatni boshqardi? A) 35 yil. B) 40 yil. C) 45 yil. D) 50 yil.
14. Amir Temur qayrgacha bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi A) Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar
B) Hindiston va Erondan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan qadar
C) Erondan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar
D) Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Kaspiy dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar
15. Amir Temur qaysi shaharlarni qayta qurdirdi? 1. Bag’dod. 2. Darband. 3. Baylakon. 4. Anqara.
5. Hamadon. 6. Nishopur.
A) 1-2-3. B) 4-5-6. C) 1-3-5. D) 2-4-6.
16. O’rta asr hunarmandchiligida nima eng rivoj topgan sertarmoq sohaga aylanadi? A) Zargarlik. B) To’qimachilik.
C) Kulolsozlik. D) Shishasozlik.
17. Samarqanddagi qaysi yodgorlikda Qur’onni qo’yish uchun ulkan tosh lavh o’rnatilgan? A) Bibixonim jome masjidi. B) Ulug’bek madrasasi.
C) Go’ri Amir maqbarasi. D) Ulug’bek rasadxonasi.
18. Movarounnahrning qaysi shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi? 1. Samarqand 2. Buxoro 3. Toshkent 4. Shohruxiya
5. Termiz 6. Shahrisabz 7. Qarshi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4
C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5,6,7
19. O’rta asrlarda g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar nima deb yuritilgan? A) “Banno”. B) “Tarxon”. C) “Ustoz”. D) “Muzoriy”
20. O’rta asrlarda peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar nima deb yuritilgan? A) “Banno”. B) “Tarxon”. C) “Ustoz”. D) “Muzoriy”.