7-8 –Amaliy ish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/4
tarix08.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#94833
1   2   3   4
7-8-Amaliy ish variantlar

Kuzatishlarga ruxsat berilmaydi:

 bissektorni reyka shtrixiga aniq yo'naltirishni qiyinlashtiradigan tasvir tebranishlari va "suzuvchi" tasvirlar bilan;


kuchli shamol paytida;

 havo haroratining kuchli va keskin o'zgarishi va uning g'ayritabiiy tez bir tomonlama o'zgarishi.


Nivelirni o'rnatish joyidan reeykagacha bo'lgan masofalar ingichka po'lat simi yoki po'lat lenta (ruletka) bilan o'lchanadi. lazerli ruletkadan ham foydalanishimiz mumkin. Ammo o'lchovlar uchun nivelirning masofa o'lchagichidan(iplar dalnomeridan) foydalanish taqiqlanadi. Nivelirdan reeykagacha bo'lgan masofalarning tengsizligiga 1 m dan ko'p bo'lmaganda ruxsat beriladi. Ushbu tengsizliklarning yig`ilib borishi sektsiyalar bo`yicha 2 m dan oshmasligi kerak.
Stansiyadagi kuzatuvlar natijalari jurnalga yoziladi yoki registratorning saqlash qurilmasiga kiritiladi.
Kompensatorli nivelir bilan bilan ishlaganda, reyka va sanoq olish barabani (mikrometr) bo'ylab sanoqlar ko`rish trubasini birinchi navbatda kuzatilishi kerak bo`lgan reykaga yo`naltirilgandan va o`rnatish adilaki pufakchasini o'rtaga keltirilgandan so'ng darhol amalga oshiriladi.
Sanoq olishdan oldin siz kompensatorning ish holatida ekanligiga ishonch

hosil qilishingiz kerak.



Stantsiyada adilakli nivelirlar bilan kuzatishlar ketma-ketligi quyidagicha (kuzatishlar tartibi qavslar ichida 7.1-jadvalda ko'rsatilgan):
1. Ko`rish trubasini ushbu stantsiyada birinchi bo'lib kuzatiladigan reeykaga yo'naltiring va ehtiyotkorlik bilan o'rnatish adilaklarining pufakchalarini o'rtaga olib boring.
2. Ko`rish trubasini birinchi navbatda kuzatilishi kerak bo'lgan reykaning asosiy shkalasiga yo'naltiring; barabanni 50 sanog`iga qo'ying; elevatsion vintining aylantirilishi bilan adilak pufakchasining uchlari tasvirlari taxminan birlashtiriladi; yuqori va pastki iplar bo`ylab dalnomer sanoqlari olinadi.
3. Elevatsion vintini aylantirish orqali adilak pufakchasining uchlari tasvirlari aniq tutashtiriladi; barabanni aylantirib, bissektorni asosiy shkalaning eng yaqin shtrixiga aniq yo'naltiriladi;baraban va reyka bo`yicha sanoqlar amalga oshiriladi (uning shkalasining butun bo`laklarigacha).
4. Ko`rish trubasini ikkinchi reykaning asosiy shkalasiga yo'naltiring; 2 va 3-bandlardagi amallar bajariladi.
5. Ko`rish trubasini qaratish vintlari bilan ikkinchi reykaning qo'shimcha shkalasiga yo'naltiring; elevatsion vintini chorak burash orqali adilak tutashtiriladi; elevatsion vintini aylantirib, adilak pufakchasining uchlarini yana aniq tutashtiriladi va qolgan amallarni 3-banddagi kabi bajariladi.
6. Ko`rish trubasini birinchi reykaning qo'shimcha shkalasiga yo'naltiring va 3-bandga muvofiq harakatlarni davom qiling.
Silindrsimon adilakdagi pufakchani to'liq tinchlantirgandan so'ng va reykani qoziqchaga o'rnatgandan keyin yarim daqiqadan kechiktirmay, reyka bo'ylab sanoq olish boshlanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin