7. Aholi toifalari (fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, xorijiy shaxslar



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə4/5
tarix20.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#100940
1   2   3   4   5
farqi yuq

Ko‘p fuqarolik. Fuqarolik to‘g‘risidagi milliy qonunlar o‘rtasidagi farqlar ta’sir kuchi o‘laroq, inson tug’ilishi bilanoq ikki va undan ortiq davlatning fuqaroligiga ega bo‘lishi mumkin. AQSh hududida tug‘ilgan Rossiya fuqarolarining farzandlari har ikki davlat fuqaroligi huquqiga egadir.
Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs — bipatrid, bir necha fuqarolikka ega shaxs esa — multipatrid deb ataladi.
Umume’tirof etilgan normaga muvofiq, bir necha davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs ana shu davlatlarning har biri tomonidan faqat mazkur davlatning fuqaroligiga ega deb qaraladi (1930 yildagi Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar kolliziyasiga doir ayrim masalalar haqidagi Gaaga konvensiyasining 3-moddasi). Buning mazmuni shuki, agar shaxs o‘zi fuqarosi bo‘lgan davlatlardan birining hududida bo‘lib tursa, boshqa davlatlar unga diplomatik himoya ko‘magini ko‘rsatish huquqiga ega emas (o‘sha Konvensiyaning 4-moddasi).
Uchinchi bir davlat, ya’ni o‘zi fuqarosi bo‘lmagan davlat hududida bo‘lib turgan bir necha fuqarolikka ega shaxsga faqat bitta fuqaroligi bor deb qaraladi. Bunda uchinchi davlat samarali fuqarolik qoidasini qo‘llaydi, ya’ni shaxsning o‘zi muqim yashab turgan davlat fuqarosi ekani e’tiborga olinadi. Agar buni aniqlash qiyin bo‘lsa, u holda shaxs nisbatan ko‘proq bog‘liq hisoblangan davlat fuqaroligi tan olinadi (5-modda).
Bipatridlar uchun harbiy majburiyat muammosining hal etilishi katta ahamiyatga egadir. 1930 yildagi Ikki fuqarolik bilan bog‘liq ayrim holatlarda harbiy majburiyat to‘g‘risidagi Gaaga protokoli xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. 1963 yildagi Ko‘p fuqarolikni cheklash va ko‘p fuqarolik hollarida harbiy majburiyat to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida ham mazkur mavzuga taalluqli qoidalar mavjud. Doimiy yashab turilgan yoki samarali aloqasi bo‘lgan davlatdagina harbiy xizmatni o‘tash majburiydir. Rossiya Konstitutsiyasida belgilanishicha, Rossiya fuqarosi «federal qonun yoki Rossiya Federatsiyasi xalqaro shartnomasiga muvofiq, chet el davlati fuqaroligiga (ikki fuqarolikka) ega bo‘lishi mumkin» (62-moddaning 1-qismi). Rossiya fuqarosining chet el fuqaroligiga egaligi, siyosiy huquqlardagi ayrim cheklashlarni hisobga olmaganda, uning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Rossiya Federatsiyasi ikki fuqarolikni tartibga solish yuzasidan yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan bir nechta bitimlar imzolagan bo‘lib, ushbu hujjatlarga harbiy majburiyatni bajarish tartibi to‘g‘risidagi bitimlar ilova qilingan.
Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida yakka fuqarolik joriy qilingan. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxsning biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi. Bu 1930 yilgi Gaaga konvensiyasida mustahkamlangan ikki fuqarolikni tan olmaslik xalqaro prinsipiga ham to‘liq mos keladi.

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin