7-amaliy ish mavzu: pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini (sim) strukturaviy sxemasini tuzish



Yüklə 12,71 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü12,71 Kb.
#189389
Amaliy ish 7


7-AMALIY ISH
MAVZU: PNEVMATIK SILFONLI IJRO MEXANIZMLARINI (SIM) STRUKTURAVIY SXEMASINI TUZISH.

Reja:
1. Pnevmatik silgfonli ijro mexanizmlari haqida tushuncha.
2. Pnevmatik silgfonli ijro mexanizmlarini strukturaviy sxemasini tuzish.

Silfon yupqa devorga ega qat-qat burmali, radius bo`ylab yo`nalgan silindrik trubkadan iborat (1-rasm).

1-rasm. To`liq metalli silfon.


O`q boyicha qo`yilgan bosim yoki kuch ta’sirida silfonning uzunligi o`zgaradi. Silfonlarning funksiyalari juda ham turli tuman. Ular o`q bo`yicha siljiydigan va burchak ostida joylashgan trubali o`tkazgichlarni elastik ulashga moslangan bo`lib, ular rostlanuvchi drossellardagi zichlagich yoki o`zgaruvchan sig`imning pnevmatik hajmi sifatida, shuningdek monometrik datchiklardagi ikkita muhitni chegaralash uchun qo`llaniladi.
Pnevmoavtomatikada silfonlar yuqori aniqlikda ishlovchi hisoblash qurilmalarini qurish uchun ishlatiladi, negaki silfonlar o`zining tavsifini yaxshi saqlaydi, ayniqsa o`sha arzimagan siljishlarda ham. Asbobsozlikda diametri 7 dan 150mmgacha va devorining qalinligi 0.08dan 0.3mmgacha bo`lgan silfonlar ishlatiladi.
Silfon qattiqligini oshirish zarurati bo`lganda u spiralsimon silindrik prujina bilan birga o`rnatiladi. Agar silfon elastikligi kam bo`lgan materialdan tayyorlangan bo`lsa, u holda silfon qattiqligidan bir necha marta katta bo`lgan prujina tanlanib, silfonning statik tavsifiga qandaydir ta’sir ko`rsatilishidan qutilish mumkin. Joyni tejash maqsadida prujina silfon ichiga o`rnatiladi. Devor qalinligini oshirish hisobiga silfon qattiqligini oshirish befoyda, negaki material burilganda va bukilganda uning tangligi ortadi.
Juda katta bosimlarda qachonki yupqa devorli silfon etarli bo`lmay qolsa, bitta qatlamga ega bo`lgan silfon bilan taqqoslaganda silfonning sezgirligini oshishiga va tangligini kamayishiga olib keladigan ko`p qatlamli silfonlar qo`llaniladi. Lekin, ko`p qatlamli silfonlarda qatlamlarning ishqalanishi tufayli gisterezis oshadi.
Asboblarni yasashda silfonlarni siqilishga ishlashi uchun ularni shunday o`rnatishga harakat qilinadiki, oqibatda ular cho`zilgandagiga qaraganda ikki martagacha katta bosimga bardosh berishi kerak. Agar silfonlar kuchni kompensatsiyalash prinsipida ishlovchi pnevmatik hisoblash qurilmalarida ishlatilmasa, u holda bosim silfon ichiga o’tadi, chunki bu vaziyatda silfonning siljishi kichik va o`qning to`g`ri chiziqli shakli turgunligining yo`qolishi mustasno bo`ladi.
Silfonli silindrlar chiqish qismining kichik qiymatdagi chiziqli siljishlariga ega bo`lish uchun qo`llaniladi. Silfon turli bosimlarga ega ikkita muhitga ajratuvchi elastik qat-qat burmali silindrik qobiqdan iborat (1-rasm). Silfonlar uchun qo`llaniladigan materiallar: polutompak (tompak – jez (misning rux bilan aralashmasi)), fosforli bronza, korroziyaga chidamli po`lat, berilli elementi mavjud bronza, monelmetall va elastomerlar. Silfonlar 5 dan 250 mm gacha tashqi diametrga ega. Ishchi bosim silfon devorlari materialining qatlamlar soni bilan aniqlanadi. Bir qatlamli silonlar 0.2 dan 3 MPa bosimga hisob kitob qilinadi, katta diametrlarga kichik bosimlar mos keladi.



2-rasm. Silfon sxemasi
Ko`p qatlamli silfonlar 15 MPa gacha bosimlarda qo`llaniladi (ishchi muhit - suyuqlik). Metalli silfonning maksimal siljishi uning erkin holatdagi uzunligining 25% idan oshmaydi, chunki 15% siqilishga va 10% cho`zilishga ketadi. Silfonlarga tashqi berilgan bosim ichki bosimdan 25…30 % ga ko`p bo`lishi qoniqarli.
Silfonning effektiv yuzasi uchun odatda silfonning o`rtacha diametri olinadi. Agar kichik siljishlarda silfon bikirligi e’tiborga olinmasa, kuchaytiruvchi kuch quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin:

Bu yerda do`rt – silfonning o`rtacha diametri.
d1, d2 – mos ravishda silfonning tashqi va ichki diametri.
Yüklə 12,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin