7-amaliy mashg’ulot mavzu: Atmosferadagi suv bug'lari



Yüklə 40,97 Kb.
səhifə3/3
tarix19.10.2023
ölçüsü40,97 Kb.
#157115
1   2   3
7-amaliy

Masalalar
1-masala. Suv-moy chegarasidagi sirt tarangligini 0,018 N/m deb olish mumkin. Agar suv ichida moy tomchisining maydalanish jarayoni izotermik bo‘lsa, unda 1 g massali moy tomchisini 2. 10-4 sm diametrli mayda tomchilarga aylantirish uchun qancha ish bajarish kerak? Moy zichligi 0,9 g / sm3. Javobi: A= 6.10-2J.
2-masala. Puflab sovun pufagining diametrini 1 sm dan 11 sm gacha orttirish uchun qancha ish bajarish kerak? Jarayon izotermik deb hisoblansin.
Javobi: A= 3 mJ.
3-masala. Hajmi V1 10 cm3 dan 2V1 gacha izotermik ravishda ortgan sovun pufagi sirtining erkin energiyasining o‘zgarishi aniqlansin. Javobi: 106 mkJ.
4-masala. U simon nay tirsaklaridagi suyuqlik sathlarining farqi 23 mm. Nay tirsaklari kanallarining diametrlaridan biri 2 mm ga ikkinchisi 0,4 mm ga teng. Suyuqlikning zichligi 0,8 g/sm3 bo‘lsa. Uning sirt taranglik koeffitsiyenti nimaga teng? Javobi: 22,5 mN/m.
5-masala. Simob solingan idishning tubida teshigi bo‘lib, simob ustunining balandligi 3 sm ga teng bo‘lganda idishdagi simob oqib ketmasligi uchun, teshikning diametri eng ko‘pi bilan qanday bo‘lishi kerak? Javobi: 0,5 mm.
6-masala. Kesim yuzi 30 sm2 bo‘lgan shisha idishga simob quyildi. Agar idishning tubida 0,5 mm diametrli teshik bo‘lsa, idishda qancha miqdorda simob qoladi? Javobi: 1,22 kg.
7-masala. Suv o‘rgimchagi suvning sirtida yugurib harakatlanmoqda. O‘rgimchakning sakkizta oyog‘idan har birining ostida radiusi 0,1 mm ga teng yarim sferadan iborat chuqurcha hosil bo‘lsa, o‘rgimchakning og‘irligi nimaga teng? Javobi: 275 mkN.
8-masala. O‘ramlari 9x12 sm bo‘lgan ikkita ho‘llangan shisha plastikani bir-biridan surmasdan ajratish uchun qanday kuch kerak bo‘ladi? Plastinkalar orasidagi suv qatlamining qalinligi 0,05 mm ga teng va suv plastinkalarni to‘la ho‘llaydi deb hisoblansin.
Javobi: 32 N.
9-masala. 500 sm3 suvda 15 g qand eritilgan. Agar eritmaning harorati 100°C bo‘lsa, eritma ustidagi bug‘ning bosimi qancha bo‘ladi? Eritma zichligini 1 g/sm3 deb olinsin. Javobi: Р159,9 Pa
10-masala. 500 sm3 suvda 1,5 g natriy xlorid eritilgan. Agar natriy xloridning hammasi to‘la dissotsiasiyalangan deb hisoblansa, 0°C haroratda eritmadagi osmotik bosim qancha? Javobi: Р230 kPa.
Yüklə 40,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin