74-§. OSMOTIK BOSIM Erituvchining molekulalari o‘ta oladigan, lekin erigan modda molekulalari o‘ta olmaydigan to‘siqlar mavjud bo‘lib, bunday to‘siqlar yarim o‘tkazuvchan to‘siqlar deb ataladi.
Agar yarim o‘tkazuvchan to‘siq bilan ajratilgan tutash idishning bir tomonga sof erituvchi ikkinchisiga esa eritma solinsa, u holda to‘siq orqali sof erituvchining molekulalari eritma egallagan hajmga o‘ta boshlaydi. Bu hodisaga osmos deyiladi. Osmos natijasida sof erituvchi va eritma orasida bosimlar farqi vujudga keladi (75-rasm). Osmos natijasida vujudga kelgan bosimlar farqiga osmotik bosim deyiladi.
Agar eritma kuchsiz bo‘lsa, osmotik bosim eritmaning konsentrasiyasiga proporsional bo‘lar ekan.
(Vant - Goff qonuni -1887 yil):
(1)
bu yerda: V-eritmaning hajmi, - erigan modda mollari soni, R-universal gaz doimiysi, T – harorat (1) formula kuchsiz eritmalardagi osmotik bosim ideal gaz qonunlari bo‘ysunadi-gan qonunga bo‘ysunishini ko‘rsatadi.
Bunga sabab shuki, ideal gazning zarralari o‘zaro ta`sirda bo‘lmagani singari kuchsiz eritmalarda erigan moddaning molekulalari ham o‘zaro ta`sirlashmaydi.
75-rasm
Osmos hodisasi hay-vonlar va o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi.
To‘qimalarda suvning va suvda erigan moddalarning taqsimlanishi ko‘p jihatdan osmotik bosim bilan aniqlanadi.
Chunki, tirik organizmda modda almashinuvi o‘simlik va hayvonlar hujayralarining yarim
o‘tkazuvchi to‘siqlari orqali amalga oshiriladi.
Savollarga javob bering 1. Suyuqlik molekulalari qanday harakat qiladi?
2. Sirt taranglik kuchlarining mavjudligi qanday tushuntiriladi?
3. Sirt taranglik koeffitsiyenti nima?
4. Nima uchun suyuqlik sirti ortganda yoki kamayganda sirt taranglik kuchlari o‘zgarmaydi?
5. Sirt taranglik koeffitsiyenti haroratga qanday bog‘langan?
6. Ho‘llash va ho‘llamaslik sababi nimada?
7. Laplas bosimining yuzaga kelish sababi nimada?
8. Qaynash nima? Qaynash harorati bosimga qanday bog‘langan?
9. Eritma nima? Qanday eritmalar ideal eritmalar deb ataladi?
10.Osmotik bosimning yuzaga kelishi sababi nimada?