7-amaliy mashg’ulot mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish



Yüklə 72,6 Kb.
səhifə1/3
tarix11.01.2023
ölçüsü72,6 Kb.
#78941
  1   2   3
AMALIY MASHG №7


7-AMALIY MASHG’ULOT


Mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari
REJA:
1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari


2.Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili


3.Strukturaviy o‘zgarishlarni mahsulot hajmiga ta‘sirining tahlili


4.Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili


Tayanch so’zlar:Ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish rejasi bajarilishi, dinamik tahlil, strukturaviy o‘zgarish, mahsulot nomenklaturasi, mahsulot assortimenti, mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi, mahsulot sotish hajmi, sotish hajmiga ta‘sir qiluvchi omillar, shartnomaviy majburiyatlar,mahsulot sifati tahlili.



    1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tahlili maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo‘llarini to‘ish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni kom‘leks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor kon‘ekturasi o‘zgarganda resurslar bilan o‘zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bajariladi:

    • Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o‘zgarishi ustidan tizimli nazorat;

    • Hajm bo‘yicha bitimlar bajarilishini baholash, etkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;

    • Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta‘sirini aniqlash;

    • ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha korxona faoliyatini baholash;

    • Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha c hora-tadbirlar ishlab chiqish.

vaxarajatlartengligigaerishiladiganhajmhisob
Maksimal hajm ishlab chiqarish omillarining maksimal yuklamasini ta‘minlaydi.
Optimal sifatida shunday ishlab chiqarish hajmi e‘tirof etiladiki,bunda mavjud ishlab chiqarishshar t-sharoitida muayyan narxd ia‘azonida maksimal foyda olish ta‘minlanadi.
O‘timallashtirish vazifasi amaliydan ko‘rako‘proqnazariysanalsada, biroq mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda bilish zarur bo‘lgan mo‘ljal hisoblanadi.



Yüklə 72,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin