7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)


Didaktikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 96,11 Kb.
səhifə15/29
tarix28.11.2023
ölçüsü96,11 Kb.
#169254
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
7-ma\'ruza PVP

3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi.
Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:

  1. falsafiy tushunchalar;

  2. xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo'lgan tushunchalar.

Didaktika uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama-qarshilik», «bog'liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega.
Didaktikada qo'llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o'rin tutadi.
Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:

  1. ta'lim — o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;

  2. dars — bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;

  3. bilim olish — idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

  4. ta'lim jarayoni — o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.

  5. o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda o'zida muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.

  6. ta'lim mazmuni — davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

Didaktikada «idrok etish», «o'zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qo'llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to'ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim jarayoni, ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta'lim natijasi.
So'nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik tizimi va ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui;
2) bilim olish - idroketish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

Yüklə 96,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin