7-ma’ruza. Tcp ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’
Tarmoqlararo aloqa modeli (OSI modeli, TCP/IP modeli). Tarmoqlararo aloqa modeli tarmoq tugunlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashini rasman va shu bilan birga ko‘rgazmali tarzda tasvirlash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda tarmoqlararo hamkorlikda ishlashini tasvirlovchi ikki taroq modeli keng tarqalgan va ular halqaro standart hisoblanadi: OSI modeli hamda TCP/IP modeli. Ikkala model ham tarmoq tugunlarining hamkorlikda ishlashi jarayonini bir nechta sathga bo‘ladi, bir tugunning aniq bir sathi boshqa tugunning mos sathi bilan axborot almashadi. Bu modellardan har birini ikki modelning birlashmasi sifatida qarash mumkin: 1)gorizontal model (turli tarmoq tugunlarining bir turdagi sathida ishlovchi dastur va jarayonlar o‘rtasida bir tipdagi ma‘lumotlar almashinuvini ta‘minlovchi protokollar asosida); 2)vertikal model (bitta tarmoq tugunida qoshni sathlar bir-biriga ko‘rsatuvchi xizmatlar asosida). Gorizontal modelda turli tarmoq tugunlarida ishlovchi mos sath dasturlariga ma‘lumot almashish uchun umumiy protokol kerak bo‘ladi. Vartikalda esa — qo‘shni sathlar tegishli dasturiy interfeyslardan foydalangan holda kerakli o‘zgartirishlarni bajargan holda m‘lumot almashinadilar. Umumlashgan holda, TCP/IP stekida protokollar ishlashini 7.2.-rasmda ko‘rish mumkin.
7.2.-rasm. TCP/IP stekida protokollar ishlashi
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. Internetda ko‗plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IPpaketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‗lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma‘lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‗natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy mexanizm qo‗llaniladi: xizmat ko‗rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha imkoniyat(opsiya)lar. Bunday muloqot TCP/IP stekini ishlash misolida (7.3.-rasm) ko‘rilishi mumkin.