7-Mavzu: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 21,12 Kb.
səhifə1/3
tarix28.03.2023
ölçüsü21,12 Kb.
#90862
  1   2   3
7-Mavzu Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tar


7-Mavzu: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya.
Reja:
1. Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining me’yoriy hujjatlari.
2. Kasbiy jismoniy tayyorgarlik.
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturi.

Ta'lim tizimida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari asosiy bo’gin sifatida muhim o’rin tutadi. Bu o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport-sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta'lim olayotgan o’quvchi-yoshlaming sport turlariga qiziqishini oshirish, bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.


Ushbu masalalaming to’laqonli bajarilishini ko’zlab, jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hamda o’quv yuklamasiga qo’yiladigan asosiy talablami belgilab beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 4-12-bandiga asosan barcha ta'lim muassasalari o’quvchilarining salomatligini saqlash, jismoniy ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda, ulami jismoniy rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat standarti standart ta'lim majmuasi me'yorlari va talablariga oid hujjat hisoblanadi. Bu hujjat vaqtincha loyiha maqomida bo’lib, ta'lim tizimining islohotiga ko ra takomillashib boradi. Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti uning funksiyalari va tizimlari orqali ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standartining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat.

  • jismoniy tarbiya ta'limi barchaning imkoniyatiga mos va ommaviy bo’lishini ta'minlash;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo’li bilan tartibga solish;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining barcha bosqichlari va yo’nalishlarida jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish va boshqarish;

-jismoniy tarbiya bo’yicha ta'lim sifatini oshirish O’MKH ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya va ta'limning asosiy shakli bo’lib, uning hajmi o’quv rejasida haftasiga 4 soat hisobidan belgilanadi;

  • o’quv kun tartibidagi jismoniy tarbiya shakllariga quyidagilar kiradi: mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, umumta'lim darslarida o’tkaziladigan quvnoq daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli pauzalar, o’yinlar, ko’ngilochar o’yinlar va boshqalar;

  • darsdan tashqan paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, sport to’garaklari, fakultativlar;

  • ommaviy sport va sog’lomlashtirish tadbirlari, bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;

  • mustaqil mashg’ulotlar: vazifalarni bajarish ko’rinishida sho’balardagi mashg’ulotlar, sayrlar, o’yinlar, ko’ngilochar o’yinlar va boshqalar.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchilaming sog’lig’ini mustahkamlash, ulami foydali mehnatga, Vatanni himoya qilishga va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni his qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan g’oyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash;

  • o’z kelajakdagi faoliyatiga, kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

  • yuqori ishchanlikni ta'minlash, sog’liqni saqlash haqida doimiy qayg’urish;

  • harakat faoliyatining hajmini kengaytirish, jismoniy va ruhiy qobiliyatlami shakllantirish;

  • hayot uchun kerakli mehnat faoliyati va mudofaa xizmatini o’tashga tayyorlash;

  • jismoniy va ruhiy uyg’unlashgan harakat madaniyatiga, chiroyli tana tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustahkam sog’liqqa bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;

  • sog’lom turmush tarzini tashviq qilish, xalq an'analarini, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarini shakllantirish; harakat tartibini mumkin qadar mustaqil to’g’ri tashkil qila olish;

  • tanlangan sport tun bo yicha o’z mahoratini muntazam takomillashtirish;

  • kun tartibida faol harakatda bo’lish, jismoniy tarbiya, sport va sayyohlik qonunlariiii bilish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturi quyidagi qismlardan iborat:

  1. Tushuntirish xati.

  2. Jismoniy tarbiya darsi.

  3. O’quv kun tartibidagi ommaviy-sog’lomlashtirish tardbirlari.

  4. Darsdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya, sayyohlik va har xil sport turlari bilan shug’ullanish.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari bilan darslami iloji boricha ochiq havoda, o’yin va musobaqa tarzida o’tkazish hamda har bir darsda o’quvchilarga uyga vazifalari berish maqsadga muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalarning mazmuni: qomatni rostlash, gigienik qoidalarga rioya qilish, ertalabki gigienik gimnastika majmualarini tuza bilish va bajarish, mustaqil yugurish, harakat ko’nikmalarini bajarish, nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, harakat sifatlarini rivojlantirish, sport turlari tarixini, hozirgi ahvolini, musobaqa qoidalarini o’rganishlardan iborat bo’ladi.

Yüklə 21,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin