7-mavzu: Dorivor o‘simlik va ular asosida olingan summar substantsiyalar standartizatsiyasining o‘ziga xos uslubiyatlari. Reja


Tindirmalar (nastoykalar) Tincturae



Yüklə 34,26 Kb.
səhifə9/15
tarix28.11.2023
ölçüsü34,26 Kb.
#168009
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
7-mavzu.F.Stand

Tindirmalar (nastoykalar) Tincturae
Tindirmalar – bu dorivor o’simliklardan issiklik ta’sir ettirmay va ekstragentni yukotmay tayyorlanadigan suv – spirtli yoki spirtli rangli ajratmalardir.
Tindirmalar olishda turli usullardan foydalaniladi: matseratsiya, kasrli matseratsiya, perkolyatsiya va b.
Tindirmalar quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha taxlil qilinadi:
- spirt miqdori (GF XI, vыp. 1, 26 b.) yoki zichligi (GF XI, vыp. 1, 24 b.);
- kuruk koldik;
- ogir metallar;
- ta’sir etuvchi moddalar (xususiy maqolada ko’rsatilgan bo’ladi).
Spirt miqdorini aniqlash
Tindirma tarkibidagi spirt miqdorini aniqlash uskunasi kaynatish uchun muljallangan idish (kolba) 1, yonida toxchasi bo’lgan trubka 2, muzlatgich 3 va simobli termometr 4 (0,1°S gacha bulinmalari bor bo’lgan 50 - 100°S li termometr) dan iborat.
Kaynatish uchun muljallangan kolbaga 40 ml tindirma va tekis kaynash uchun pemza yoki qizdirilgan farfor bulakchalari solinadi. Termometrning simobli uchi tindirmaga 2 – 3 mm balandlikda tegib turishi kerak. Koba isitgichda (qizdirish kuvvati 200 Vt elektr) yoki gazli gorelkada isitiladi. Suyuklik kaynab chiqqandan chung qizdirish kamaytiriladi. Kaynash bir maromga etganda termometrning ko’rsatgan harorati kayd etiladi. Olingan natija normal bosimga to’g’rilanadi. Agar barometr ko’rsatkichi 1011 gPa (760 mm simob ustuni) dan fark etsa, tuzatish kiritiladi, xar 1,3 gPa (1 mm sm. ust) ga 0,04°S to’g’ri keladi. Agar bosim 1011 gPa dan kam bo’lsa, tuzatish ko’rsatkichini harorat ko’rsatkichiga qo’shiladi, bosim 1011 gPa dan yuqori bo’lsa ayiriladi.
Tindirma tarkibidagi spirt miqdori topilgan harorat bo’yicha jadval asosida aniqlanadi. Masalan. Arslonkuyruk tindirmasining kaynash harorati 80,9°S, atmosfera bosimi 1000 gPa (752 mm sm. ust), bosimlar o’rtasidagi fark:
1011 – 1000 = 11 gPa (760 – 752 = 8 mm rt. st).
Tuzatish ko’rsatkichi: 0,04°S x 8 = 0,32°S.
Topilgan kaynash haroratiga tuzatish ko’rsatkichi qo’shiladi (80,9 + 0,32) °S. jadval bo’yicha 81,2°S ga 66% to’g’ri keldi.
m ρ = g/sm3
V
Zichlik piknometr yoki ariometr yordamida aniqlanadi.

Yüklə 34,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin