7-Mavzu egra xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati



Yüklə 18,04 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#172782
7.EGRA xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati


7-Mavzu EGRA xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati
Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish boshlangan.
Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
EGRA va EGMAtadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.
Bu tadqiqotlar O‘zbekistonRespublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Mazkur loyiha 2019 yil 28 sentyabrda XTV va USAID o‘rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidirAQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang‘ich sinf o‘qivchilarning savodxonligi va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir.
Bu vosita bolaning bilimi, o‘qituvchining dars berishi yoki direktorning maktabni boshqaruv ko‘nikmalarini tekshirmaydi. Shuningdek, jarayonda o‘tish yoki yomon baho bo‘lmaydi. Tibbiyot xodimlari bemorga muolaja belgilash, ko‘rikdan o‘tkazishdan avval uni tekshiradi.
EGRAva EGMAesa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondoshuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi.
EGRA (The Early Grade Reading Assessment) baholash modelining maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq malakalarini rivojlantirish, nutqiy ko‘nikma va malakalarini hamda o‘qish savodxonligini oshirishdan iborat.
EGMA(The Early Grade Mathematical Assessment) baholash modelining maqsadi 2-4 sinf o‘quvchilarining og‘zaki hisoblash malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, matematik savodxonligini oshirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinflar davomida matematikadan olingan mustahkam poydevor kelajakdagi muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.Shuningdek, matematika kelajakda ish joyidagi ko'nikmalar va bilimlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan fandir.EGMAbolalarning asosiy ko‘nikmalarini rivojlatirayotganligini aniqlash imkonini beradi, boshqa matematik ko‘nikmalar hosil qiladi va harakatlarni eng yaxshi tomonga yo‘naltiradi. Bu esa ta’lim sifatini oshirishda juda muhim.
EGMA quyidagi: raqamni identifikatsiya qilish (raqamni aniqlash); kattalik haqida mulohaza yuritish (raqamlarni kamsitish); raqamlarni tan olish (yo‘qolgan raqam); qo‘shish va ayirish; birinchi va ikkinchi darajalar va so‘z muammolarini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz buyuk kelajak sari intilib taraqqiy etgan mamlakatlar atoridan munosib o’rin egallab bormoqda. O’sib kelayotgan avlodning ta’lim tarbiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek o’quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o’rgatish maqsadida turli dastur va texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib qolmoqda. Ayniqsa, boshlang’ich ta’limda o’quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda har xil zamonaviy, xalqaro dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq,O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo’llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun esa boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil qilishda ta’lim texnologiyalari, turli xil metod, usullar va tarqatma materiallaridan foydalanish bilan bir qatorda EGRAva EGMA dasturlari haqida ma’lumotlar berib, ularni dars jarayonida qo’llash ham boshlang’ich sinf o’quvchisining rivojlanishi va kamol topishi, mustaqil fikrlash ko’nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Shu vaqtgacha ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, endilikda EGRA va EGMA dasturlari orqali ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Buning natijasida o’quvchilar o’z fikrlarini mustaqil va tezda bayon etishga o’rganadilar, o’z ustida ishlash qobiliyati shakllanadi.Xulosa qilib aytganda yuqoridagi vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi mamlakatimizta’lim tizimining xalqaro ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvini ta’minlaydi,sohadagi bo‘shliqlarni aniqlashga, yangi vazifalarni belgilab olishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, o‘quvchilar bilimini adolatli va shaffof baholashgaerishamiz. Shu bilan bir qatorda endigina shakllanib kelayotgan boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini mustaqil fikrlashga, o’z g’oyalarini erkin bayon etishga o’rgatib kelajagimiz uchun mustahkam poydevor yaratamiz.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholash boshlandi
O‘zbekistonda 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha ilk tadqiqot o‘tkazilmoqda. USAID va Xalq ta’lim vazirligi o‘rtasidagi qo‘shma loyiha ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga yordam beradi.
AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha mamlakat bo‘ylab tadqiqot olib boradi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
17 noyabr kuni poytaxtdagi 232-maktabda o‘quv boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
“Biz ta’limga sarmoya kiritishni har bir mamlakat bajara oladigan eng muhim amal deb hisoblaymiz. Yosh avlodga investitsiya kiritish kelajakka investitsiya kiritish demakdir. Biz Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshirayotgan ushbu loyiha butun O‘zbekiston bo‘ylab 3- va 5-sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Baholash ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu fanlarni o‘qitishga to‘g‘ri investitsiya kiritish imkonini beradi”, — dedi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum.
EGRA va EGMA — umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan modellarga tayanadi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, EGRA va EGMA tadqiqoti 937 ta davlat umumta’lim maktabidagi 11 ming nafar o‘quvchining o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz va turkman tillari, shuningdek, ikkinchi til sifatida o‘zbek tiliga oid ko‘nikmalarini baholaydi.
“Bizning yuksak vazifamiz — bolalarni muvaffaqiyatga olib kelish, maqsadimiz — ularni baxtli ko‘rish. Ushbu loyiha boshlang‘ich sinflarda yuqori sifatli ta’limni ta’minlash orqali bu yuksak vazifamizni ilgari surish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir”, — dedi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov.
Bugungi kunga qadar USAID EGRA va EGMA baholash tadqiqotini 40 dan ortiq mamlakatda o‘tkazib, to‘plangan ma’lumotlar ushbu mamlakatlarga o‘z o‘quvchilarining o‘qish va matematika bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam bergan.
Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin