ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma
jarayonlar ko`p tomonlamadir.
Ilmiy
tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy,
tarkibiy-genetik, analiz va
sintez metodlari qo`llaniladi.
Tadqiqotchi o`rganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan
kuzatish
va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil bo`lgan
empirik faktlar va ma`lumotlarni o`z tafakkurida umumlashtiradi,
abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur
jarayonida yuz beradigan
bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.
Ilmiy
bilishning
umumlashtirish,
abstraktlashtirish
va
konkretlashtirish metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo`lib, ular ilmiy
tadqiqotlarning nazariy darajasiga xosdir.
Umumlashtirish
- bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet
yoki hodisalarga xos bo`lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda
e`tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo`lgan
birorta belgi yoki
xususiyatni mavxum xolga keltirishdir
.
Abstraktlashtirish
– tekshirilayotgan ob`ektlarning hususiy,
unchalik e`tiborga molik bo`lmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini
ochib beruvchi hossalarini ajratish va o`rganishdir.
Abstraksiya vositasida tafakkurning
umumlashtirilgan natijalari
shakllantiriladi, ular fikran boshqa xodisalar ichidan ajratib olinadi, bu esa
ular orasidagi bog`lanishlarni tadqiq etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: