Bu qonunda tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, kichik tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlik, jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va majburiyatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari, tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi, Insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmasligi haqida tushunchalar berilgan. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyekti faoliyatini tugatish, nizolarni hal qilish kabi masalalarga doir ma’lumotlar berilgan.

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.