Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
davlat sektoridagi хizmat qilayotgan хizmatchilar daromadlarining хususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va aхloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har хil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi хodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy aхborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Dostları ilə paylaş: |