7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash Reja


Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash



Yüklə 38,67 Kb.
səhifə7/8
tarix27.03.2023
ölçüsü38,67 Kb.
#90509
1   2   3   4   5   6   7   8
7 mavzu SM

7.7. Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash

Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash asrimizning 20-30-yillarida yuzaga keldi. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari keyinroq tuzila boshladi. £ator davlatlarda ular faqatgina eksport qilinadigan maxsulotning sifatini oshirish maqsadida tuzildi (Yaponiya, Hindiston, Yugoslaviya va boshqalar).


Frantsiyada milliy sertifikatsiyalash sistemasi NF belgisi uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasiga kiradi va quyidagilarni amalga oshiradi:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalardan arizalarni berish;

  • korxonalarning sifatni ta’minlash sistemasini baxolashni amalga oshirish;

  • maxsulot namunalarini sinovdan o’tkazishni amalga oshirish;

  • sertifikatlarni yoki maxsulotni muvofiqlik belgisi bilan chiqarishga imkon beruvchi litsenziyani berish;

  • ishlab chiqarish, sotish soxalaridan olingan maxsulotni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish, shuningdek korxonalarda nazoratni amalga oshirish.

1983 yil 2000 ta bir necha ming turdagi maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsulotiga muvofiqlik belgisi berildi. Muvofiqlik belgisi bilan ishlab chiqarilayotgan maxsulotning xajmi 40 mlrd. frankka yetdi.
1981 yildan boshlab Frantsiya xukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatsiyalash bo’yicha vakolatli tashkilot deb tan oldi. Ularning ichida AFNOR muxim o’rin tutadi.
Germaniyada 1920 yil Nemis standarti instituti (DIN) tomonidan muvofiqlik belgisi joriy etildi. U namunalarni sinovdan o’tkazishning maxsus tartibiga ega bo’lgan bir necha turdagi maxsulotlar, gaz uskunalari, suv ta’minoti uskunalaridan tashqari barcha maxsulotlar turiga tarqatildi.
Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq maxsulotlar guruxini tanlab olgan. U orqali 15000 dan ortiq litsenziya DG-WK belgisi bilan chiqarishga berilgan. Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta’minotchilari xam amaldagi qoidalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari mumkin.
Germaniyada, shuningdek, ayrim maxsulotlar turlari bo’yicha setifikatsiyalash sistemalari xam mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo’yicha. Ular Nemis elektrotexnika assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN bilan bmrgalikdagi Kelishuv asosida elektrotexnika, elektronika va aloqa soxasidagi milliy standartlarni ishlab chiqaradi.
Umuman, Germaniyada juda ko’p sertifikatsiyalash sistemalari o’z-o’zini sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida faoliyat olib boradi.
Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema xisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning maxsus belgisiga ega.
Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish tartibi xuddi Frantsiya va Germaniyadagi kabi.
Korxonalarning BSI ni xabardor qilmay turib, maxsulotni o’zgartirishga xaqqi yo’q. Maxsulotga kiritilgan o’zgarishlar sinovlar o’tkazib, o’zgartirilgan maxsulotning standartlarga javob berishi tasdiqlangach QUAD tomonidan tan olinadi. Litsenziya bir yil muddatga beriladi. Muddat tugagach, uni o’zgartirish kerak.
Britaniya sistemasi 250 ta milliy standartni o’z ichiga oladi. Milliy va chet el firmalariga mingdan ortiq litsenziyalar berilgan.
BSI muntazam ravishda sertifikatsiyalanadigan maxsulotlarga ko’rsatkich, shuningdek xaridorlar uchun boshqaruv ma’lumotlarini nashr qiladi, xar bir milliy standart bo’yicha berilgan sertifikatlar xaqida ma’lumotlar beradi.
Amerika Qo’shma SHtatlaridaboshqa Farbiy Yevropa davlatlaridan farqli ravishda yagona sertifikatsiyalash qoidalari yoki sertifikatlash bo’yicha yagona tashkilot yo’q. Turli ishab chiqaruvchilarning assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalarida yuzlab sistemalar faoliyat ko’rsatadi. Analogik xolatni standartlashtirish bo’yicha xam ko’rishimiz mumkin. Standartlarni turli statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadilar. SHuning uchun xam amaldagi sertifikatsiyalash sistemalari uchun umumiy kriteriy yaratish uchun xarakat qilinmoqda. SHu maqsadda sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash milliy sistemasi tuzilgan va sertifikatsiyalash sistemalarini ro’yxatga olish sistemasi yaratilmoqda.
AQSH da sertifikatsiyalashtirish milliy, shuningdek xalqaro darajada maxsulotning sifatiga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Sertifikatsiyalashtirishning zaruriyligi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini yuqori darajada bo’lishini ta’minlashga, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi.
AQSHda milliy sug’urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining laboratoriyalari, Nebraska shtatidagi qishloq xo’jalik texnikasining sinov markazini sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov laboratoriyalari keng assortimentdagi maxsulotning standartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etadilar.
Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy xujjatlari shartlarini xisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan maxsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi.
Yaponiyada 1949 yil maxsulot sifati muammosini o’rganish bo’yicha Yaponiya olimlari va muxandislari ittifoqida maxsus gurux tuzilgan. 60-yillarning oxirida mamlakatda ishlab chiqarishda sifatni nazorat qilish to’liq xajmda joriy etildi.

Yüklə 38,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin