1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda (2.1-rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi:
(2.2)
Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi:
(2.3)
Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi:
2.1-rasm. Simmetrik yuklanish tarhi
2. Pulsasiyalanuvchi davr. Ba’zi hollarda detallar pulsasiyalanuvchi, ya’ni vaqt birligi ichida o’z qiymatini noldan maksimal qiymatgacha o’zgartirib turadigan yuklanish ostida bo’lishi mumkin. (2.2-rasmda pulsasiyalanuvchi davr tarhi keltirilgan.)
2.2-rasm. Pulsasiyalanuvchi davrli yuklanish
Agar asimmetriya koeffisienti birga teng bo’lsa, kuchlanish o’zgarmas holda bo’ladi va bunda detal o’zgarmas kuchlanish ta’siri ostida ishlaydi (2.3-rasm).
Ruxsat etilgan yoki zarur mustahkamlik zahirasi koeffisienti differensial usul bilan topilishi mumkin:
bu yerda:
n1=1,2...1,5 - detalga ta’sir qiluvchi kuch va momentlarning haqiqiy qiymatlari bilan hisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni hisobga oluvchi koeffisient;
n2=1,3...2,2 - materialning bir jinsliligini, uning mexanik xossalarining normativda ko’rsatilganidan farq qilishini hisobga oluvchi koeffisient;
n3=1,1...1,5 - juda mustahkam bo’lishi talab etiladigan muhim detallarning mustahkamlik zahirasini qo’shimcha ravishda oshirish uchun kiritiladi.
O’zgaruvchan yuklamalar ta’sirida davomli ishlatilgan mashina detallari, tajribalarning ko’rsatishicha, mustahkamlik chegarasi σvdan ancha kichik yuklanishlarda ham emirilishi (sinishi) mumkin.
Davriy yuklanishdagi emirilish (sinish) kuchlanishlarning jamlanish zonasida hosil bo’ladigan mikroyoriklar tufayli yuz beradi.
Yoriqlar asta-sekinlik bilan kattalashadi, detalning ichki sohalariga kirib boradi. Кuchlanishlarning davriy ta’siridan yuzaga kelgan emirilish materialning toliqishi deb ataladi. 2.4-rasmda valning toliqish oqibatida sinishi ko’rsatilgan. Detallarning 75-80% sinishi toliqish natijasida vujudga keladi.
2.4-rasm. Valning toliqish oqibatida sinishi:
1 - toliqib yemirilish zonasi;
2 - statik yemirilish zonasi.
Materialning yemirilmasdan o’zgaruvchan kuchlanishlarni ko’p marotaba qabul qila olish qobiliyati uning toliqishga qarshiligi yoki chidamliligi deb ataladi.