7-mavzu: Mehmonxonalarning tashkiliy-boshqarish tuzilmasi



Yüklə 7,18 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü7,18 Kb.
#175044
7-mavzu (2)

7-mavzu: Mehmonxonalarning tashkiliy-boshqarish tuzilmasi

Reja:

Yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi.

2. Kichik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi


Yirik mexmonxonani boshkarish sxemasi
Tabiiyki, har bir mexmonxonaning tashkiliy tuzilmasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, bronlashtirish bo‘limi tijorat bo‘limi tarkibiga kirishi mumkin, xaridlar bo‘limi moliyaviy direktorga bo‘ysunishi mumkin, banket xizmati ovkatlanish xizmati tarkibiga kirishi mumkin. Ba’zan bosh oshpaz bevosita bosh direktorga bo‘ysunadi, ovqatlanish xizmatining menejeri esa fakat ofitsiantlarni boshkaradi va x.k.
Mexmonxona toifasiga qarab, uning boshkaruv tuzilmasida tegishli bo‘limlar, masalan, biznes markazi, fitness markazi, vrach (ba’zan hatto kichik poliklinika) mavjud bo‘ladi. Kurort mexmonxonasida «dam olish buyicha direktor» lavozimi ham mavjud. Angliya mexmonxonalarida qabul qilingan boshqarish sxemasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qabul qilish xizmati (Front office) xo‘jalik xizmatining direktoriga bo‘ysunadi, qabul qilish xizmatida esa ayrim bo‘limlarni katta xodimlar, masalan, bosh telefonist, bosh hammol, bosh kassir, axborot xizmati rahbari, bronlashtirish xizmati rahbari va sh.k. boshkaradi.
Mehmonxona egasi(aksiyadorlar)
Xo‘jalik xizmati direktori
(houzekeeping mng)
Bosh direktor
Direktorlar kengashi
Tijorat bo‘limi direktori(sales and marketing mng)
Qabo‘l qilish xizmati direktori(front office mng)
Ovqatlanish xizmati direktori(food &beverage)
Moliya direktori(controller)
Bosh muxandis
Xaridlar bo‘limi direktori
Xodimlar bo‘yicha menejer
Ro‘yxatga olish xizmati
Bronlash
tirish xizmati
Xodimlar, farroshlar
Konserj xizmati
Banket xizmati
Sotuvlar bo‘yicha menejerlar
Ta’lim bo‘limi
Bosh oshpaz
Restoran direktori
Xavfsizlik xizmati
Kadrlar bo‘limi
Barmen
Bosh barmen
Oshpaz
ofitsiantlar
Kichik mexmonxonani boshkarish tuzilmasi
Standart motellarda boshkarishning eng oddiy sxemasi taxminan quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 100 nomerli motelda direktorga qabul qilish va moliya xizmatining to‘rt klerki, xo‘jalik xizmatining boshlig‘i bevosita bo‘ysunadi, xo‘jalik xizmati boshlig‘ining ko‘l ostida sakkiz xodima, to‘qqiz paj (bellman) (ular mijozlarning avtomobillarini parkovka qilish bilan ham shug‘ullanadi) va bir ta’mirlovchi (elektr va santexnika ishlarini bajaruvchi) ishlaydi.
Yukori darajali yirik mexmonxonalarda esa, aksincha, boshkaruv pog‘onalari soni ko‘payadi: masalan, bosh direktor uch o‘rinbosarga (nomer fondi, ovkatlanish va ma’muriy xizmatlar bo‘yicha) ega bo‘ladi.
Nomer fondi direktoriga qabul qilish xizmati, xo‘jalik xizmati (xodimalar va farroshlar, kirxona, kimyoviy tozalash shoxobchasi va sh.k.) bo‘ysunadi.
Umumiy ovqatlanish direktoriga oshxona, restoranlar, barlar, banket xizmati, nomerlarda xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘ysunadi.
Ma’muriy ishlar buyicha direktorga kontroller, marketing va sotuvlar bo‘limi menejeri, bosh muxandis, xavfsizlik xizmati va xodimlar bo‘limi bo‘ysunadi.
Mexmonxona mulkdori davlat, munitsipalitet, jismoniy shaxs, aksiyadorlik jamiyati bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi (aksiyador saylaydigan kengash a’zolari soni unga tegishli aksiyalar mikdoriga mo‘tanosib bo‘ladi). Direktorlar kengashi bosh direktorning ishini nazorat kiladi, moliyaviy reja (budget)ni
tasdiklaydi, bosh direktorning reja ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tinglaydi. Direktorlar kengashi majlisi odatda yilning har choragida bir marta chaqiriladi.
Maxsus adabiyotlarda mexmonxona bo‘limlari tanlangan mezonga ko‘ra muayyan guruxlarga birlashtiriladi. Masalan, mexmonxonaning asosiy (daromadni shakllantiruvchi) bo‘limlari (Revenue centers) va yordamchi bo‘limlari (Support centers) farqlanadi. Asosiy bo‘limlarga nomer fondi, restoranlar, barlar, yordamchi bo‘limlarga esa - texnik bo‘lim, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya kiradi. Mexmonxona xizmatlarini front of the house va back of the house ga tasniflash metodi keng tarkalgan bo‘lib, mazkur metod zamirida mexmonxona muayyan bo‘limi xodimlarining mijozlar bilan aloka qilish darajasi yotadi.
Front of the house ga qabul qilish xizmati, restoran; back of the house ga oshxona va buxgalteriya esa kiradi. So‘nggi zikr etilgan gurux xizmatchilari mijozlar bilan bevosita aloka qilmaydi. Mazkur guruhlarning xodimlari har xil dasturlar bo‘yicha o‘qitiladi, ular xizmat ko‘rsatadigan xonalar aniq ajratiladi. Hatto ularning forma kiyimi ham farq kiladi.
Kichik mexmonxonalar, tabiiyki, ancha sodda boshkaruv tuzilmasiga ega bo‘ladi. Ammo asosiy bo‘limlar o‘ziga xos funksiyalari bilan saqlanib qoladi.
Quydagi rasmda mashxur Holliday Inn mexmonxonalar tarmog‘iga kiruvchi kichik (130 nomerli) mexmonxonani boshkarish tuzilmasi ifodalangan.
Bosh direktor
Ovqatlanish xizmati direktori
(food &beverage)
Kontroller
Xodimlar xizmati direktori
Bosh muxandis
«Meh
mon xizmati direk
tori»
Xo‘jalik xizmati direktori
(houzekeeping mng)
Banket menejeri
Dam olish
Bo‘yicha
menejer
Qabo‘l qilish
Xizmati klerk
lari
Restoran
direktori
Xodimlar
Ta’mir
lovchilar
Buxgalteriya
Yüklə 7,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin