tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli;
variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili, rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy harakterini aniqlash usuli;
tajriba javoblarini statistik tahlilini o‘z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish usuli. Echilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EXM va iqtisodiy-matematik metodlar orqali bajarilsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda ko‘zatish mumkin;
matematik dasturlash usuli;
maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul ukitish va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni ulchash va bashorat qilish uchun ishlatiladi;
modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EXM ishlatilishini taqozo etadi;
Noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga har-xil yondashishlarni o‘z ichiga olgan kidirishlar nazariyasi;
harajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig`ish, tahlil qilish va ishlatish juda ko‘p mablag talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob topishga yordam bersa harajatlar oldida tuxtashi kerak emas;
noma’lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror korxona o‘z oldiga kuygan maqsadga bog`lik. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendensiyasi, shuningdek tahliliy hisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Boshqa hollarda albatta muammoning chuqur tahlili va har tomonlama birlashuvi kerak bo‘ladi, ya’ni muammoning turlicha karab kerakli tahlil va hisob-kitoblar utkaziladi;
qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo utkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baholash ko‘pincha korxona faoliyatining tahlili takrorlanuvchi holatida qo‘llaniladi.
mutaxassislar baxosi, mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa xatolarni oldini olish uchun qilinadi. SHundan so‘ng mutaxassislar mavjud mavjud qarorlar ro‘yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chikadilar va o‘zlarining yakuniy xulosalarini etadilar;
Bir gurux mutaxassilar tomonidan qandaydir kiyin muammoni ijodiy muxokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi goyalarning yuzaga kelishiga muhit yaratish hamda muxokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ echimni topishga va muammoni tug`ri hal qilishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruxga ajratish mumkin:
Birinchi gurux marosim. Qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish. Bu erda uni o‘z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-ikki oyda etib borishini ko‘zatish mumkin. Bu holda u o‘z faolligini va mazmunini yukotadi. chunki u kech etib boradi.