7-mavzu: Pul va inflyatsiya


Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə2/8
tarix17.12.2022
ölçüsü145,73 Kb.
#75961
1   2   3   4   5   6   7   8
EC211523-19A3-4F6D-AB6B-D6C36293258F.7-mavzu. Pul va inflyasiya

7.2. Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi
Inflyatsiya bilan bog'liq ko'plab xarajatlar mavjud; beqarorlik va noaniqlik iqtisodiy o'sish sur'atlarining o'sishi va sekinlashuvining namoyon bo'lishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda, inflyatsiya ularning jamg'armalari qiymatining pasayishi va jamiyatdagi daromadlarning omonatchilardan ma'lumotli va aktivlari bo'lganlarga qayta taqsimlanishi kabi ko'rinishi mumkin. Ayniqsa og'ir holatlarda inflyatsiya jamiyatni beqarorlashtirishi va iqtisodiy tizimga ishonchni yo'q qilishi mumkin.

Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining о‘ziga xos xususiyati pulning neytralligi tamoyilini kо‘zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta’sir kо‘rsatmaydi degan fikrga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotdi jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga kо‘ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular о‘rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta’minlanib turiladi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg‘armalar tengligini hamda tо‘liq bandlik sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bо‘lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlarning bir qismini jamg‘arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‘arilgan sо‘m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi.
Inflyatsiya baho indekslari – deflyator va iste’mol narxlari indeksi yordamida aniqlanadi. Baholar о‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy о‘zgarishi inflyatsiya darajasi (baholarning о‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
bunda: p– yillik inflyatsiya sur’ati;

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin