7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
7 - maruza (4)

Uyga vazifa: 
Sut emizuvchilarning skeleti mavzusini o’qing. 
 
Sutemizuvchilarning skeleti 
 
Sut emizuvchilarning skeleti ham boshqa umurtqali hayvonlar skeletiga 
o’xshash bosh, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda 
ularni kamarlarining skeletlaridan iborat. 
Bosh skeleti miya qutisining kattaligi bilan xarakterlanib, ustki jag’, yonoq 
va tangacha suyaklaridan hosil bo’lgan. Chakka yoyining bo’shlig’i, suyaklar 
umumiy sonining kamayishi va 2-ta ensa bo’rtmasi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. 
Pastki jag’ faqat 1 juft tish suyagidan tashkil topgan. 
Umurtqa pog’onasi 5 bo’limga – bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum 
bo’limlariga bo’linadi. Sut emizuvchilar umrtqa pog’onasining eng xarakterli 
belgilaridan biri bo’yin umrtqasining yettita bo’lishidir.Umurtqasida yassi bo’g’im 
yuzalari bor. Umurtqalar yumshoq tog’ay diskalari – menisklar bilan bir-biridan 
ajralgan. 
Yelka kamari orqa tomonidan tarog’i bo’lgan uchburchak shakldagi kurak, 
korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Korakoid kichrayib korakoid 
o’simtasi ko’rinishida kurak suyagiga qo’shilib ketadi. O’mrov suyagi krot, 
qo’lqanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarida yo’qolib ketgan. 
Chanoq kamari 2-ta nomsiz suyakdan iborat bo’lib, bularning har biri yonbosh, 
qov va quymich suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Sut emizuvchilarning 


110 
chanog’i yopiq bo’ladi, ya’ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari o’rtada 
o’zaro qo’shiladi. 
Erkin oyoqlar skeleti quruqda yashovchi umurtqali hayvonlardagi singari 
tipik tuzilishga ega. Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti keskin 
o’zgarishi mumkin. Keyingi oyoqda sut emizuvchilarga xos bo’lgan to’piq suyagi 
va tizza kosasi suyagi bo’ladi. 
Muskul sistemasi juda takomillashgan va xilma-xildir. Ko’krak va qorin 
bo’shliqlarini ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli juda xarakterlidir. 
Sut emizuvchilarda terini harakatga keltiruvchi teri osti muskuli kuchli rivojlangan. 
Ayniqsa maymunlarda kuchli rivojlangan va ularni bosh miyasining yuz qismida 
joylashgan mimika muskullari diqqatga sazovordir. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin