Oracle da ma’lumotlar bazasini saqlash uchun ajratilgan joylar logik qismlarga bo’lingan. Bu qismlar jadvallar joyi(tablespace)deyiladi. Odatda bitta baza uchun bir nechta tablespace lar hosil qilinadi. Har bir joyda bir necha data file lar mavjud bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasini loyixalash, mohiyat-aloqa modeli Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi MBBT (СУБД, DBMS –Database Management Systems) zamonaviy korxonalarda muhim komputer vositalaridan hisoblanadi. MBBT – komputerni operatsion tizimi birga ishlaydigan va komputer-da ma’lumotlarni saqlash va chiqarib olish uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minotdir. Ma’lumotlarni o’zi ishonchli ishlab chiqilgan ma’lumot bazasidaq saqlanadi.
Klassik hisoblashlarda 3 ta ma’lumot modeli ko’p ishlatiladi:
Ierarxik ma’lumot modeli;
Tarmoqli ma’lumot modeli;
Relyatsion ma’lumot modeli. (MM)
Har bir ma’lumot bazasi u yoki bu model asosida yaratiladi. Ierarxik ma’lumot modelda yozuvlar daraxtsimon(shajara) strukturali bog’lanish ko’rinishida bo’ladi. Ierarxik tuzilishi ma’lumotlarni sodda yaratiladi lekin ma’lumotlarning ko’plari bunday bog’lanishli tabiatga ega emas.
Hozirgi kunda asosan relyatsion ma’lumotlar bazasiga asoslangan tizimlar ko’p ishlatilmoqda.
Uncha katta bo’lmagan tashkilotlarda MBBT bitta komputerda yuklab ishlatish mumkin. Bunday shaxsiy ma’lumot baza tizimi bir nechta foydalanuvchi ishlaganda foydali bo’lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda korxona va tashkilotlarda ma’lumot bazasi birlamchi serverda joylashtiriladi, foydalanuvchilar esa alohida komputerlar bilan ulanadi. Bu komputerlarni mijoz (klient) komputerlar deyiladi. Server ma’lumotlarni markazlashgan saqlovchi hisoblanadi, shuning uchun barcha foydalanuvchilar bir axborotlarni, shu jumladan o’zgartirilgan axborotlarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi.
OTMlarda ma’lumotlar bazasini shakllantirish loyixa sxemasi