7-Mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Reja



Yüklə 27,35 Kb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü27,35 Kb.
#111991
1   2   3
7-Mavzu. XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Suvlari.Surxondaryo tabiiy geografik okrugida uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi.Surxondaryo To‘polondaryo bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi.To‘polon daryo Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog‘i, Hisor tog‘ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib olgach, To‘polondaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km bo‘lib, qor-muzlarning erishidan to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 54,6 m.kub, eng ko‘pi sekundiga 470 m.kub, eng kami 5,7 m.kub.Qoratog‘ daryosi Hisor tog‘ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning uzunligi 100 km atrofida. Qoratog‘ daryosi qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, binobarin, eng ko‘p suvi may — iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 23 m.kub, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m.kub, minimal 2,5 m.kub. Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o‘ng tomondan Sangardak va Xo‘jaiрok irmoqlarini qo‘shib oladi. Surxondaryo, asosan, qor-muzlarning erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog‘i yonida sekundiga 70,2 m.kub ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekundiga 600 m.kub, eng kami sekundiga 0,1 m.kub. Sheroboddaryo Boysun tog‘i va uning davomi hisoblangan Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yonbag‘ridan boshlanuvchi Irg‘oyli va Qizilsoy daryolari qo‘shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb yuritiladi. Uning uzunligi 186 km bo‘lib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 7,5 m.kub. Sheroboddaryo qor-yomg‘ir suvlaridan to‘yinganligi tufayli eng ko‘p suvi aprel — may oylarida oqadi.Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi 1000 —2000 m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv harorati +60 +70°C ga yetadi.Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m.kub), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m.kub) suv omborlari qurilgan.
Yüklə 27,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin