7 sinf biologiya fanidan nazorat ishi
1. Eukariot hujayraning 3 ta asosiy tarkibiy qismlarini toping.
A. Sitoplazma, yadro, mitoxondriya
B. Sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro
C. Plazmatik membrana, Golji majmuasi, yadro
D. Yadro, lizosoma, ribosoma
2. __________________________ hujayradagi barcha jarayonlarni boshqarish, irsiy axborotni saqlash, ko‘paytirish va nasldan naslga o‘tkazish funksiyalarini bajaradi.
3. Quyida berilgan o‘simlik hujayrasining tarkibiy qismlarini yozing.
4. Prokariot organizmlarni aniqlang.
A. Zamburug‘lar, protoktistalar C. Hayvonlar. o‘simliklar
B. Ko‘k-yashil suvo‘tlar, bakteriyalar D. Bakteriyalar, o‘simliklar
5. To‘qimalarni o‘rganuvchi fan nomini toping.
A. Sitologiya C. Teriologiya B. Araxnologiya D. Gistologiya
6. O‘simlik to‘qimalarining nomlarini yozing.
1) ___________________________ 2) ____________________________
3) ____________________________ 4) ____________________________
5) ____________________________ 6) ____________________________
7. Kollenxima, sklerinxima va sklereidlar qaysi to‘qima turlari hisoblanadi?
A. O‘tkazuvchi to‘qima C. Mexanik to‘qima B. Asosiy to‘qima D. Qoplovchi to‘qima
8. Yalpiz, evkalipt, zira, marmarak, shivit (ukrop) kabi o‘simliklardagi ajratuvchi to‘qimadan qanday moddalar ajraladi?
A. Efir moylari B. Nektar C. Smola D. Kauchuk
9. Odam va hayvonlarda 4 xildagi: _____________________________________________ _______________________________________________________toʻqimalari mavjud.
10. Qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, odam va hayvonlar harakatini ta’minlaydigan to‘qimani aniqlang.
A. Nerv to‘qimasi C. Epiteliy to‘qimasi B. Muslul to‘qimasi D. Biriktiruvchi to‘qima
11. Kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar nomini yozing. ______________________________
_______________________________________________________________________
12. Hujayra tarkibida qanday qanday elementlar uchraydi.