7-sinf Geografiya (ib savollari) 2-Bo‘lim summativ baholash ishi (ii-yarimyil)



Yüklə 0,82 Mb.
tarix16.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#114781
7-sinf. IB-savol. 2-BSB - 2022-23 (1)


7-sinf
Geografiya (IB savollari)
2-Bo‘lim summativ baholash ishi (II-yarimyil)
(50 ball)



1) Yuqoridagi xaritada qanday materik tasvirlanganini va bu materikda yoz fasli yilning qaysi oylarida bo‘lishini yozing va sababini tushuntirib o‘ting. (“A” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).
2) Yuqoridagi xaritaga e’tibor bering, ba’zi millar (strelkalar) materikning ichidan okean tomoniga va okean tomonidan materik ichiga harakatlanayotganlari tasvirlangan. Savol: Bu strelkalar nimani anglatadi va nima sababdan ular materikning ichidan okean tomoniga va okean tomonidan materik ichiga hamda yilning qaysi faslida bunday harakatlanadi? (“C” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).


3) Quyidagi berilgan xaritada oval shakli bilan ajratib ko‘rsatilgan A va B hududlarda qanday havo massalar hosil bo‘lishi (turlari)ni va ularning xususiyatlarini yozib, sabablarini qisqacha tushuntirib o‘ting, (“A” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).




4. Rasmdagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirga qarab
A) Avstraliyada yilning qaysi fasli ekanligini aniqlang va asoslab bering.

B) Avstraliyada sutkaning qaysi qismi ekanligini aniqlang (sutkaning taxminiy vaqt oralig‘ini ko‘rsatgan holda) va asoslab bering. (“B” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).





5. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda iqlim isib ketmoqda. Agar bu jarayon davom etaversa sayyoramizning tabiatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. (“D” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).


6. Ma’lumotlarga ko‘ra, Antarktida ustida “ozon tuynuk”lari paydo bo‘lgan. Bu “tuynuk”lar nima sababdan paydo bo‘lgan, uning natijasida nima bo‘ladi va nima uchun ular aynan janubiy qutb ustida hosil bo‘lgan, va ozon qatlamini tiklash uchun nima qilish lozim? (“D” mezon bo‘yicha baholanadi (javob 0 balldan 8 ballgacha baholanadi to‘g‘ri va noto‘g‘ri hamda to‘liq va to‘liq emasiga asoslanib)).
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin