|
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja
Bulutda saqlash
ing
Cloud storage
Fayllarni lokal kompyuterning saqlash qurilmasida (diskida)
emas, balki internetda saqlash imkoniyati.
Ustun
ing
Column
Jadvaldagi vertikal chiziqlar bilan ajratilgan maydonlar.
Elektron jadvaldagi har bir ustun lotin alifbosi harflari bilan
nomlangan bo‘lib, ishchi oynaning yuqorisida aks ettirilgan.
Ulanish
ing
Connectivity
Bog‘langanlik yoki ulanganlik holati va darajasi.
Kontent
ing
Content
Tarkib, mazmun ma’nosida. Hujjatga kiritilgan matn, grafik
obyektlar. Veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqdagi maqola, audio,
video.
Cookies [kukis]
Ing
Cookies
Yoki HTTP cookie (shuningdek web cookie, Internet cookie,
browser cookie) Biror veb-saytga o‘tilganda foydalanuvchi
kompyuterida kichik fayl ko‘rinishida saqlanib qoladigan
ma’lumotlar. Cookies faylida foydalanuvchi tomonidan veb-
saytni navigatsiya qilish jarayonidagi amallarining bir qismi
(foydalanuvchi ismi/laqabi, qaysi tugmalarni qay tartibda
bosgani, qanday sahifalarni necha bor ko‘rgani va h.k.) yozib
boriladi. Odatda, aksariyat veb-saytlar foydalanuvchini
Cookies’lar ishlayotgani haqida ogohlantirib, rozilik so‘raydi.
Mualliflik huquqi
ing
Copyright
Mualliflik huquqi intellektual mulk egasining qonuniy
huquqini anglatadi. Sodda qilib aytganda, mualliflik huquqi
“copy” - nusxa ko‘chirish “right” - huquqidir.
Faqat mualliflar (jismoniy yoki yuridik shaxs) va ular ruxsat
bergan shaxslar muallif asarini nusxalashi va tarqatishi
mumkin. Agar material mualliflik huquqi bilan himoyalangan
bo‘lsa unga © belgisi, huquq kuchga kirgan yil va shaxs ismi-
sharifi/nomi yoziladi. Misol uchun “© 1994-2020, Microsoft
Corporation”.
Dostları ilə paylaş: |
|
|