114
Maʼlumotlar xavfsizligi
Maʼlumotlar shaxsiy va, qimmatli boʻlishi mumkin. Ayrim insonlar boshqa insonlarning
qayerda istiqomat qilishi, nimalarni xarid qilishni yoqtirishi va hordiq chiqarish uchun nimalar
bilan shugʻullanishi kabi maʼlumotlarini bilib olishi uchun koʻp pul toʻlashi mumkin. Bunday
maʼlumotlar “raqamli iz” deb ataladi. Internetda qilgan har qanday ishingiz siz foydalangan veb-
sayt ma’muriyati tomonidan saqlab olinishi mumkin.
Hech oʻylab koʻrganmisiz, nima uchun ekranda siz biroz oldin koʻrib chiqqan narsalar haqida
reklama chiqadi? Veb-sayt qayerdan biladi siz nimalarni koʻrib chiqqaningizni? Siz qidirgan
ma’lumotlar tarixi kompyuteringizda saqlanadi va saytlarga kirganingizda, ushbu veb-saytlar
sizga qiziqdek tuyulgan mahsulotlar haqidagi reklamalarni chiqarish uchun ushbu aniq
maʼlumotlarga tayanadi. Bu “
raqamli iz
”dan ijobiy foydalanishga namuna bo‘la oladi (reklama
qiluvchilar uchun ijobiy, siz esa reklamalardan bezovta boʻlishingiz mumkin!).
“Raqamli iz”dan foydalanishning salbiy tomonlari ham mavjud. Doʻstlaringizdan biri siz
yoqtirmaydigan fotosuratni internetga joylasa, nima yuz beradi? Oʻsha fotosurat internetda
butun hayotingiz davomida saqlanib turishi va uni siz haqingizda batafsil bilishni istagan har
qanday inson, masalan, kelajakdagi ish beruvchilar ham koʻra olishi mumkin. Mashhur insonlar
haqida oʻylang. Ularda oʻzining ruxsatisiz har doim internetga
joylanadigan fotosuratlari bor. Bu adolatdanmi? Ularning
ushbu fotosuratlaridan boshqalar reklama maqsadlari uchun
foydalandi, lekin mashhurlarning ham shaxsiy daxlsizlik
huquqlari bormi?
Shuningdek, maʼlumotlar jinoyatchilar tomonidan ham
ishlatilishi mumkin.Sizning ismingiz, tug‘ilgan sana va turar
joy manzilingiz kabi ma’lumotlardan foydalanib, yolg‘on
akkauntlarni ochish orqali sizga tegishli pullarni o‘zlashtirishni
amalga oshirish mumkin.
Maʼlumotlarni doim xavfsiz saqlanish muhimdir. Xavfsiz
saqlash orqali ularning oʻgʻirlanish ehtimoli kamayadi (lekin bu
umuman o‘g‘irlanmaydi degani emas).
Agar siz boshqa insonlar haqidagi maʼlumotlarni saqlasangiz,
unda nimalarni saqlash mumkin va mumkin emasligini bildiruvchi qonunlar bilan tanishib
chiqishingiz kerak. Ushbu qonunlar
Dostları ilə paylaş: