9
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Wrap text parametridan foydalanish
Baʻzan hujjatga ham matn, ham tasvirni joylashtirishingiz kerak boʻladi. Bunda dizayningiz
yaxshi koʻrinishiga ishonch hosil qilish uchun sahifadagi boʻsh joydan unumli foydalaning. Hujjat
tarkibidagi matn bilan birga tasvirni o‘zaro joylashuvini formatlash ham umumiy hujjatning
dizayniga ijobiy ta’sir etadi.
Hujjatdagi boʻsh joydan unumli foydalanish uchun matnni tasvirning atrofiga joylashtirmoqchi
bo‘lishingiz mumkin. Bu sahifada katta hajmdagi bo‘sh maydon qolmasligini ta’minlaydi.
Wrap text
parametrlaridan ixtiyoriysini tanlasangiz, ushbu format matnga emas, tasvir uchun qo‘llaniladi.
Ya’ni, siz tanlagan sozlamadan foydalanib, matn tasvir atrofida joylanadi. Buni turli usullar bilan
amalga oshirish mumkin.
1.1-mashg‘ulot.
Oʻqituvchingiz tomonidan berilgan “Newsletter.docx” hujjatini oching. “Mening_sarlavham”
nomli matn uslubini yarating. Matn uslubini sozlamalarini Verdana shrifti, 18 shrift oʻlchamiga
sozlang va rangini koʻk qilib belgilang. Keyin esa bu matn uslubini hujjatdagi
Devoriy Gazeta
sarlavhasi uchun tatbiq qiling.
1.2-mashg‘ulot
“Mening_tagsarlavham” nomli matn uslubini yarating. Shrift turini Bookman Old Style va
o‘lchamini 14 qilib belgilang. Shriftni qalin qiling va rangini toʻq koʻkka oʻzgartiring. Keyin esa
bu uslubni
Dostları ilə paylaş: