120
9.1-mashg‘ulot
Ultimate League turnirini reklama qiluvchi plakat yarating. Maʼlumotlar bazangizdagi barcha
oʻyinchilarga tegishli boʻlgan oʻyin nomlarini plakatga eksport qiling.
9.2-mashg‘ulot
Ishtirokchilarning musobaqaga kelganini tasdiqlash maqsadida imzo qoʻyishi uchun
qaydnoma roʻyxatini yarating. Unda oʻyin nomi, barcha oʻyinchilarning ismi va familiyasi
hamda ularning musobaqaga kelganini tasdiqlash imzosi uchun boʻsh joy boʻlishi kerak.
Qaydnoma roʻyxatini qiziqarli qilishga harakat qiling. Siz buni munosib sarlavha va tegishli
tasvirlar joylash orqali amalga oshirishingiz mumkin.
9.3-mashg‘ulot
Har bir ishtirokchiga qatnashgan oʻyinlari va jamlagan ballari ko‘rsatilgan xat tayyorlash
kerak. Ularning faqat ismi va familiyasidan foydalanib, xatni har bir ishtirokchiga yuboring.
Har bir ishtirokchi oʻzining ishtiroki haqidagi tafsilotlar yozilgan xatni olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: