7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


– Mavzu : VI- XI asrlarda Yevropa madaniyati



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#40268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
7-jahon test 2017

9 – Mavzu : VI- XI asrlarda Yevropa madaniyati

1. O`rta asrlarda o`z davlatida yangi maorif tizimini yaratgan davlat rahbarlarini aniqlang.

A) Yaroslav va Buyuk Karl B) Yustinian va Xilperik

C) Li Yuan va Muhammad Tug`luq D) Fridrix II va Ryurik

2. Buyuk Karl joriy etgan maktablar … qoshida ochilgan edi.

A) amaldorlar uylari B) maxsus maktablar

C) ibodatxona D) rasadxona

3. Buyk Karl joriy etgan va saroyda to`plangan olimlar birlashmasi qanday nomda atalgan?

A) akademiya B) fakultet C) shkolyar D) kollegiya

4. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqida ma`lumot qoldirgan saroy tarixchisini aniqlang.

A) Alkuin B) Kene C) Eyngard D) Biondo

6. Quyidagi o`rta asr olimlaridan qay biri Buyuk Karl joriy etgan saroy akademiyasida faoliyat olib borgan edi?

A) Foma Akvinskiy B) Dante Aligiri C) Marko Polo D) Alkuin

8. Mil.avv IV asrda vujudga kelgan Afina akademiyasiga kim asos solgan edi?-

A) Platon B) Suqrot C) Aristotel D) Demokrit

9. Buyuk Karl Saroy akademiyasining qaysi a’zosi shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan.

A) Foma Akvinskiy B) Dante Aligiri C) Marko Polo D) Alkuin

10. «... Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yildan ziyod davr davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi» yuqoridagi fikrlar kimga tegishli?

A) A. Oripov B) Sh. Mirziyayev C) I. Karimov D) O’. Hoshimov



11. «... Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yildan ziyod davr davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi» yuqoridagi fikrlar qaysi asardan olingan?

A) Odamiylik mulki B) Daftar hoshiyasidagi bitiklar

C)Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q D) Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch

12. IX asrga oid Magnavr oliy maktabi qaysi shaharda ish boshlagan edi?

A) Rim B) Afina C) Konstantinopol D) Aleksandriya

13. XI asr o’rtalarida Vizantiyada ochilgan dastlabki Universitetda qaysi fakultetlar ish boshlagan edi? A) matematika va astronomiya B) ilohiyot va falsafa

C) handasa va tibbiyot D) huquqshunoslik va falsafa

14. O`rta asrlarda Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang.

1. shishisozlik 2. koshinpazlik 3. zargarlik

4. kulolchilik 5. naqqoshlik 6. bo`yoq tayyorlash 7. kudungarlik

A) 1,4,6 B) 2,3,7 C) 1,5,7 D) 2,4,6

15. O`rta asrlarda Vizantiyaning dengiz janglardagi muvaffaqiyatini ta`minlagan ixtironi aniqlang.

A) mortira B) grek olovi C) porox D) katapulta

16. Quyida ketirilga tasviriy san`at uslablaridan qasyi biri, bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog‘och, marmar va metall) bo‘laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan.

A) Koroplastika B) Freska C) Ikona D) Mozaika

18. O`rta asrlarda qo`llangan tasviriy san`atdagi Vizantiyacha uslub boshqalaridan qay jihatlari bilan ajralib turgan edi?

A) muhtasham va ko`rkamligi B) suratlar uyg‘unligi, bo‘yoqlar serjiloligi bilan

C) rangdor va tiniqligi D) yarqiroq va kengligi

19. O`rta asrlarning hech shubhasiz eng mahobatli me`morchilik inshooti sifatida ulug`langan inshootni aniqlang.

A) d`E qal`asi B) Axen saroyi C) Moskva qo`rg`oni D) Avliyo Sofiya ibodatxonasi

20 . Vizantiyada joylashgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi nechta deraza gulchambari bo’lgan?

A) 40 ta B) 31 ta C) 38 ta D) 50 ta

21. O`rta asrlarda xochsifat, o`rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar qurish qaysi davrda barpo qilingan?

A) IX-XI asrlarda B) XIV asr C) XII asr D) X-XI asrlarda

22. Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo So­fiya ibodatxonasi qaysi hukmdor davrida qurilgan?

A) Yaroslavl davrida B) Buyuk Karl davrida C) Oton III davrida D) Yustinian I davrida

23. O`rta asrlarda Yevropaga madaniyat tarqatuvchi vazifasini bajargan davlatni aniqlang.

A) Rim B) Florensiya C) Vizantiya D) Venetsiya



24. O’rta asr rassomlar qanday rasmlarni tasvirlashga intilganlar?

A) mozaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklari

B) o‘rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar

C) cherkov qonunlari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni

D) Iso payg‘ambar, Bibi Maryam, avliyolar va «Bibliya» manzaralari tasvirlangan

25. Mozaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridan hisoblangan inshootni toping?

A) Avliyo Sofiya ibodatxonasi B) Xori monastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi)

C) Germaniyadagi Shpeyer cherkovi D) Axendagi cherkovi

26. Roman uslubida qurilgan Fransiyadagi inshootlarni aniqlang.

A) Vorms, Shpeyer, Axen, Arl B) Arl, Klyuni, Puate

C) Klyuni, Axen, Maynts D) Vorms, Axen, Maynts, Shpeyer

27. Roman uslubida qurilgan Germaniyadagi inshootlarni aniqlang.

A) Vorms, Shpeyer, Axen, Arl B) Arl, Klyuni, Puate

C) Klyuni, Axen, Maynts D) Vorms, Axen, Maynts, Shpeyer

.28. O`rta asrlarda imzo o`rniga ikki chiziq tortib qo`yish qaysi tabaqa vakillariga xos xislat edi?

A) dehqon B) feodal C) ritsar D) savdogar

29. Katta ibodatxonalar qoshida maktab joriy etish orqali Yevropada dastlabki Universitetlar uchun asos solgan hukmdorni aniqlang.

A) Fridrix II B) Yaroslav C) Buyuk Karl D) Otton III

30. Yevropada tashkil etilgan maktablarda darslar qaysi tilda olib borilar edi?

A) lotin B) yunon C) ibroniy D) ispan

31. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – trivium deb atalgan bosqichni o`taganlar. Ana shu davrda o`quvchilar qaysi sohlarni egallashi kerak edi?

1.grammatika 2. matematika 3.ritorika 4. musiqa

5. dilektika 6. astronomiya 7. arifmetika 8. geometriya

A) 1,2,3 B) 2,4,8 C) 3,5,7 D) 1,3,5

32. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – kvadrium deb atalgan bosqichni o`taganlar. Ana shu davrda o`quvchilar qaysi fanlarni egallashi kerak edi?

1.grammatika 2. matematika 3.ritorika 4. musiqa

5. dilektika 6. astronomiya 7. arifmetika 8. Geometriya
A) 1,2,3,5 B) 4,6,7,8 C) 3,5,7,8 D) 1,3,5,6

33. O`rta asrlarda matkabda o`rgatilgan, hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z fikrini isbotlashga o`rgatilgan fan … deyilgan.

A) arifmetika B) metafizika C) ritorika D) dilektika

34. Skriptoriya nima?

A) maxsus ishlov berilgan teri B) rohib xattotlar ishlaydigan ustaxona

C) kitob muqovasini qimmatbaho tosh va metal bilan bezatish D) diniy asarni o’z tiliga tarjima qilish

35. Kitoblar qachongacha monastirlar kutubxonalarida saqlangan?

A) XI asrgacha B) XII asrgacha

C) kitoblar monastirlarda saqlanmagan D) X asrgacha

36. Kiyev Rusi davlati tarixida solnomalar tuzish boshlangan shaharlarni aniqlang.

A) Polosk va Minsk B) Novgorod va Pskov

C) Kiyev va Novgorod D) Vladimir va Suzdal

37. Quyidagi ishlarning qaysi biri aynan Yaroslav davri bilan bog`liq.

A) Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlovchi o`quv yurti tashkil etdi;

B) chegara hudularda yangi mudofaa inshootlari qurdirdi;

C) Rusda maorif tizimi yuksaldi;

D) ruslarni xristianlik diniga qabul qildirgan;

38. Pergament nima?

A) maxsus ishlov berilgan teri B) rohib xattotlar ishlaydigan ustaxona

C) kitob muqovasini qimmatbaho tosh va metal bilan bezatish D) diniy asarni o’z tiliga tarjima qilish

39. Yaroslav davrida tashkil etilgan ruhoniy tayyorlash maktabidagi o`quvchilar soni nechtani tashkil etar edi?

A) 200 B) 500 C) 400 D) 300

40.Qaysi hukmdor davrida Kiyevda ruhoniy tayyorlaydigan o’quv yurti tashkil etilgan?

A) Vladimir B) Vladimir Monamax C) Svyatoslav D) Yaroslav

41.Slavyan yozuvi mualliflari kim?

A) rohib olimlar Yaroslav va Mefodiy B) rohib olimlar Kril va Mefodiy

C) rohib olimlar Svyatoslav va Kril D) rohib olimlar Kril va Yaroslav

42.Lotin alifbosi asosida slavyan yozuvi qachon yaratilgan?

A) IX asr o’rtalarida B) X asr boshlarida C) X asr o’rtalarida D) IX asr boshlarida

43. Qaysi hukmdorlar davrida Avliyo So­fiya ibodatxonasi barpo etilgan?

A) Kiyevda Yaroslavl davrida, va Konstantinopolda Yustinian I davrida

B) Kiyevda Yaroslavl davrida va Axen shahrida Buyuk Karl davrida

C) Rimda Oton III davrida va Konstantinopolda Yustinian I davrida

D) Rimda Oton III davrida va Axen shahrida Buyuk Karl davrida

44. O`rta asrlarda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblangan joy?

A) universitetlar B) maktablar C) Ibodatxonalar D) kutubxonalar

45. Yevropada to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan davrda O’rta Osiyoda ....

A) me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi.

B) X–XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan.

C) Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, hatto qonunshunoslar uchun maxsus “Faqihlar madrasasi” qurilgan.

D) Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi

46. Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang‘ich maktablarda tayyorlagan?

A) quyi martabali ruhoniylarni B) oily martabali ruhoniylarni

C) cherkov xizmatchilarini D) kitob ko’chiruvchi xatotlar

Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang‘ich maktablarda nimalar o‘rgatilgan?

A) grammatika, ritorika,musiqa B) lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o‘qish tartiblari

C) matematika, ritorika,musiqa D) lotin tilidan tashqari, ritorika,musiqa va duolar o‘qish tartiblari

47. O‘rta asr­larda Astronomiyaga qanday ma’lumotlar kiritilgan?

A) astrologiya — munajjimlikka oid ma’lumotlar kiritilgan. B) osmon jismlari haqidagi

C) qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali

D) yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasi

48. Munajjimlik nima?

A)Yirik monastirlarda rohib-xattotlar ishlaydigan ustaxona

B) she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o‘rgatgan.

C) sayyora va yulduzlarga qarab odamlar taqdirini aytib berishga harakat qilganlar

D) tilshunoslik ilmi, bolalami o‘qishga o‘rgatgan.

49. Kiyev Rusi aholisi xristianlikning pravoslaviye mazhabini qayerdan qabul qilgan?

A) Fransiyadan B) Vizantiyadan C) Germaniyadan D) Rimdan

Slavyan yozuvi­ning yaratilishiga turtki bo‘lgan omil ...

A) Rohib olimlar — Kirill va Mefodiy — IX asr o‘rtalarida yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratishi

B) g‘arbiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ‘ib etish

C) Yangi dinning joriy etilishi diniy kitoblarga o’lgan ehtiyoj ortgan

D) Ushbu yozuv Bolgariyadagi Rus yerlariga tarqalishi.

50. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi asrga oid?

A) XI asr B) X asr C) IX asr D) XII



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin