7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng yangi test variantlari (2017 – yilgi nashr asosida) I bob. O’rta asrlarning ilk davri


IV bob. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi



Yüklə 116,05 Kb.
səhifə11/15
tarix02.01.2022
ölçüsü116,05 Kb.
#47382
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mavzulashtirilgan test M.M.Turdiyev 7 Jahon 2021-2022

IV bob. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi.

22-23-24-25-§. Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. General shtatlar. Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri. Fransiyada mutlaq monarxiya.

1. O’rta asrlarda Fransiyada qirolning markazlashtirish siyosatiga kimlar qarshi edi?

A) shaharliklar, mayda va o’rta feodallar B) dehqonlar va feodallar

C) ruhoniy, dvoryan va shaharliklar D) yirik diniy va dunyoviy feodallar

2.Yuz yillik” urush davrida quyidagi qaysi voqeadan keyin urushning xususiyati o’zgarib, ingliz qo’shinlariga qarshi oddiy xalq ko’tarilgan edi?

A) Azenkur jangidan keyin B) 1420- yil sulh shartnomasi imzolangandan keyin

C) 1360-yil sulh shartnomasidan keyin D) Janna d’Ark qahramonligidan keyin

3. Konstantinopol shahri turk sultoni Mexmet II tomonidan egallangan yili yana qanday voqea sodir bo’ldi?

A) Sechjon Buyukning hukmronlik davri tugadi B) Oltin O’rda xoni Jonibek vafot etdi

C) Yuz yillik urush sulh tuzilishi bilan yakunlandi D) Bahlul Lo’diy humdorlik davri boshlandi

4. Quyidagi qaysi voqealar Fransiya markazlashuvining tugash davriga qadar sodir bo’lgan?

A) Genrix VII Tyudor taxtdan ketdi B) Me’mor Xoja Sinon vafot etdi

C) Songai davlati tarix sahnasidan ketdi D) Dehli sultoni Bahlul Lo’diy taxtdan ketdi

5. Qaysi javobda Fransiya qiroli Filipp IV humronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan?

1) Normandiya Angliyadan tortib olindi 2) Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3) cherkov yerlari soliqqa tortildi 4) General shtatlar chaqirildi Rim papalari Ananida tutqunlikda ushlandi

A) 1,4,5 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,3,4

6. Fransiyada soliqlarning bir qismi pul bilan to’lanadigan davrda…

1) Lyudovik VI o’z domenida tartib o’rnatishga harakat qila boshlaydi 2) “Ingliz tojining marvaridi” hisoblangan Normandiya Fransiya tomonidan qaytarib olindi 3) Qoraxoniylar va qoraxitoylar o’rtasida o’zaro sulh tuzildi 4) Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi boshlandi 5) O’lkamiz “Turkiston” deb atala boshlandi 6) Chig’atoy ulusida mog’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchaydi 7) Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik vujudga keldi 8) yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar – universitetlar ochila boshlandi 9) Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan 10) kitoblarni rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi bilan ular arzonlasha boshlaydi 11) Mahmud Zamaxshariy Xorazmda vafot etdi 12) Buxoroning Darvozai Mansur nahallasida qonunshunoslar uchun maxsus “Faqihlar madrasasi” qurildi 13) G’arbiy Yevropada qurilish sohasi ham tarqqiy eta boshladi 14) ilk gumanizm davri yakunlandi 15) Yevropani sarosimaga solib qo’ygan voqea bo’lib o’tdi 16) Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilinib, keng tarqalgan 17) O’rta Osiyoda o’rta asrlarda binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqalgan 18) katta ko’l o’rtasidagi orollarda asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 19) Mali feodal tarqoqlik va sulolaviy nizolar natijasida zaiflashdi

20) Arab savdogarlari G’arbiy sudan yerlariga O’rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollarni keltirganlar

A) 1,3,4,5,8,10,14,19,20 B) 2,5,6,7,9,13,14,15,16 C) 1,3,4,8,10,11,12,16,18 D) 2,4,5,7,9,11,13,19,20

7. Katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qildi (a); Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholini ro’yxatdan o’tkazdi (b); Jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzdi (c); Turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g’ishtdan foydalanish to’g’risida farmon berdi (d);

1) Lyudovik IX; 2) Filipp IV; 3) Fridrix I; 4) O’zbekxon; 5) Vilgelm; 6) Amir Temur; 7) Sargon I; 7) Salmanasar; 8)Novuxodonosor II;

A) 1-a,5-b,6-c,7-d; B) 3-a,4-b,6-c,8-d; C) 2-a,3-b, 7-c,8-d; D) 2-a,5-b,7-c,8-d;

8. Fransiya O’rta asrlarda aholi turli toifalarga bo’lingan. Shulardan uchinchi toifa vakillarini belgilang?

A) shaharliklar B) ruhoniylar C) dvoryanlar D) hunarmandlar

9. Fransiyada oliy tabaqaviy vakillik muaasasasi – General shtatlarni dastlabki chaqirgan hukmdor (a); va so’nggi marta chaqirgan hukmdorni (b) aniqlang.

1) Karl VIII; 2) Lyudovik XI; 3) Filipp IV; 4) Filipp II; 5) Lyudovik XVI; 6) Lyudovik XIV;

A) a-3, b-5; B) a-1, b-6; C) a-4, b-5; D) a-4,b-5

10. Inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlagan hukmdorlarni belgilang.

1) Karl VIII 2) Filipp IV 3) Filipp II 4) Ioann 5) Genrix II 6) Vilgelm

A) 1,3 B) 2,4 C) 3,4 D) 5,6

11. Rim cherkovi tarixida “papalarning Avinion tutquni” davrini aniqlang.

A) 1307-1377-yillar B) 1309-1379-yillar C) 1309-1377-yillar D) 1300-1377-yillar

12. Quyidagilarni o’zaro muvofiqlashtiring.

1)…qo’shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug’ini so’zsiz bajargan; 2)Yurishlari paytida dushmanlarni sarosimaga solib qo’ygan jang usuli – to’lg’amani qo’llaganlar; 3) Alohida ritsarlik bo’linmalaridan tashkil topgan, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan; 4) Dushmanlari qal’alarni unchalik xush ko’rmasligini anglab, o’z mulklari chegaralarida ko’plab qal’alar barpo ettirganlar; 5) jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan; 6) avvaliga shahar qurshab olinar, so’ngra esa katapulta degan qamal quroli bilan devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirishar edi; 7) ularning qo’shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgan hamda piyodalar 16 qatordan iborat falangada sarflanardi;

8) Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olishgan; 9) otliq qo’shinni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratganlar. Qo’shinning har bir suvoriysiga yetarlicha daromad keltiradigan ter-mulk – tumori berilgan10) jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo’shinning bo’lishi, qo’shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik;

a) germanlarb) inglizlar c) temuriylar d) eftallar e) yunonlar f) rimliklar g) mo’g’ullar h) urartlar i) xetlar j) makedonlar k) usmoniylar l) fransuzlar m) forslar n) slavyanlar o) shayboniylar p) ossuriyaliklar

A) 1-b,2-o,3-l,4-a,5-h,6-e,7-n,8-m,9-k,10-g; B) 1-l,2-c,3-b,4-b,5-d,6-p,7-o,8-m,9-a,10-k; C) 1-b,2-o,3-l,4-b,5-I,6-f,7-j,8-e,9-k,10-g; D) 1-b,2-c,3-d,4-g,5-l,6-p,7-o,8-m,9-n,10-k

13. 1360-yil Angliya Fransiyaga taklif etgan tinchlik sulhi bo’yicha …

A) mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o’tdi B) Angliya qirolining Fransiya malikasidan tug’ilajak o’g’li birlashgan Angliya va Fransiya qiroli bo’lishi ko’rsatildi C) inglizlar ixtiyorida faqatgina Kale porti qoldi D) inglizlar barcha o’lja va asirlarni, qo’lga kiritgan qal’a va qasrlarni berishi kerakligi

14. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyadigan shahri qaysi qatorda berilgan.

A) Akvitaniya B) Reyms C) Lion D) Parij

15. Quyidagilarni o’zaro muvofiqlashtiring.

1) Lyudovik VI 2) Filipp II 3) Lyudovik IX 4) Filipp IV 5) Karl V 6) Lyudovik XI

a) Bretan va Anju gersoglarini bo’ysundirishdan boshladi b) Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini o’z domeniga qo’shib oldi c) o’g’lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo’riga uylantirishga nuvaffaq bo’ldi d) qirol yerlaridagi feodal urushlarni taqiqlaydi e) harbiy islohot o’tkazib, kuchli flot va topchilar qo’shini tuzishga erishdi f) Fransiyadagi eng kuchli feodal

A) 1-f,2-c,3-a,4-b,5-e,6-d; B) 1-a,2-d,3-b,4-f,5-c,6-e; C) 1-b,2-f,3-d,4-a,5-e,6-c ; D) 1-c,2-f,3-d,4-b,5-e,6-a;

16. Fransiyada hukmronlik qilgan qaysi hukmdor davrida yirik feodallar “Jamiyat baxt-saodati ittifoqi’ni tuzadilar hamda hukmdor unga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib boradi.

A) Lyudovik XI B) Karl VIII C) Karl VII D) Lyudovik IX

17. “Yuz yillik urush” davrida bo’lib o’tgan quyidagi qaysi voqeadan keyin Fransiyaning yarmi Angliya qo’liga o’tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi?

A) 1420-yil tuzilgan sulh shartnomasi bo’yicha B) 1415-yil Azenkur jangidan keyin

C) 1360-yil tuzilgan sulh shartnomasi bo’yicha D) 1453-yil tuzilgan sulh shartnomasi bo’yicha

18. Tampliyerlarning buyuk magistiriqatl etilgan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang.

A) Rim papalarining qarorgohi Avinionga ko’chirildi B) O’zbekxon islom dinini qabul qildi

C) Fransiyada Filipp IV hukronligi boshlandi D) Musulmon bo’lgan Chjan Xe Makkani ziyorat qildi

19. Xuroson va Movarounnahrda Abul Abbos Abdulloh noibligi nihoyasiga yetishidan 2 yil oldin va 480 yil keyin sodir bo’lgan voqealarni belgilang.

A) Buyuk Karl Franklar imperiyasi taxtiga o’tirdi; Usmoniylar asoschisi Usmon vafot etdi

B) Buyuk Karl imperiyasi uchga bo’linib ketdi; Ivan Kalita taxtga o’tirdi

C) Normannlar Londonni bosib oldilar; Mali hukmdori Muso I Makkaga haj safari uyushtirdi

D) arablarga qarshi Bobek boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi; Oltin O’rda hukmdori O’zbekxon islom dinini davlat dini deb e’lon qildi

20. Mexmet II tomonidan Konstantinopol egallangan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib keldi B) Sejon Buyukning hukmronlik davritugadi C) Yuz yillik urush sulh tuzilishi bilan yakunlandi D) Oltin O’rda xoni Jonibek vafot etdi

21. Quyidagilarni o’zaro muvofiqlashtiring.

“Birodarlik” jamiyati (a); “Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” (b);

1) ustachilikka o’ta olmagan xalfalar tabaqasi huquqlarini himoya qilgan; 2) Salib yurishlari ishtirokchilarining o’zaro uyushmasi; 3) Angliyada qirolga qarshi yirik feodallar tomonidan tuzilgan uyushma; 4) sexlarning sex nizomlarini qabul qiladigan uyushmasi; 5) Fransiyada qirolga qarshi yirik feodallar tomonidan tuzilgan uyushma;

A) 1-a,5-b; B) 1-a,3-b; C) 4-a,2-b; D) 3-a,5-b;

22. Fransiya qiroli Filipp IV ilk bor toifa vakillari yig’ini – “General shtatlar” ni nima maqsadda chaqirgan edi?

A) Yangi soliqlarni joriy etishga turli tpifalarning roziligini olish maqsadida

B) Rim papasiga qarshi kurashda turli toifalarning qo’llab-quvvatlashiga erishish maqsadida

C) Angliya qiroliga qarshi kurashda turli toifa vakillarining madadiga erishish maqsadida

D) Fransiya qiroli mazkur chora orqali mamlakatdagi qirol siyosatidan norozilik to’lqinlarini bostirish umidida

23. Fransiyada qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning o’sishi boshlangan davrda…?

A) kitoblarni rohiblar emas, shaharda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi bilanular arzonlasha boshlaydi

B) to’g’ri burchakli ibodatxonlar o’rniga ko’rinishidan xochsifat, o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo etilgan

C) Fransiyaning qator shaharlarida senyorlarga qarshi kurash bo’lib o’tdi

D) Angliyada dehqonlar kurashi kuchaydi

24. Fransiya qiroli bo’lgan Filipp IV papaga qarshi harakat boshlaganida kimlarning ko’magiga tayangan edi?

A) arxiyepiskop B) kuchli qo’shin C) ruhoniy, dvoryan va shaharliklar D) keng jamoatchilik

25. Rim papasi … Fransiya qirolining papa xohish-irodasiga bo’yunmaganligiga javoban … ning cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilishga kirishdi.

A) Innoketiy III –Ioann B) Grigoriy IX–Filipp II C) Ioann Pavel II – Lyudovik IX D) Bonifatsiy VIII-Filipp IV

26. Yuz yillik urush davrida bo’lib o’tgan qaysi jangda erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo’linmasi inglizlar ustunligini ta’minlagan edi?

A) Kresi yaqinidagi jangda B) Azenkur jangida C) Orleandagi jangda D) Puate jangida

27. “Yuz yillik urush” davrida ishtirok etgan hukmdorlarni belgilang.

1) Vilgelm III 2) Eduard III 3) Lyudovik VI 4) Ioann Saxiy 5) Karl V 6) Garold 7) Karl VII 8) Lyudovik XI

9) Karl VIII 10) Richard II

A) 2,4,5,10 B) 1,3,5,7 C) 5,7,8,9 D) 1,4,7,10

28. Quyidagilarni o’zaro muvofiqlashtiring.

1) Karl VII 2) Lyudovik XI 3) Filipp IV 4) Ioann 5) Bonifatsiy VIII

a) 1461-1483-yil b) 1294-1303-yil c) 1199-1216-yil d) 1285-1314-yil e) 1422-1461-yil

A) 1-a,2-e,3-d,4-c,5-b B) 1-d,2-a,3-b,4-c,5-e C) 1-e,2-a,3-d,4-b,5-e A) 1-e,2-a,3-d,4-c,5-b

29. Quyida qaysi voqea bilan Fransiyaning markazlashuviga yakun yasaldi?

A) Karl VIII Bretan gersogining qizi Annag uylanishi bilan

B) Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti qirol hukmiga o’tishi bilan

C) Karl VII qirol bo’lgach, uning mamlakat va Yevropadagi nufuzi ortishi bilan

D) Karl Burgundskiyga qarshi kurash yakunlanganidan so’ng

30. Fransiyaning qaysi hukmdoriga nisbatan “Dono” laqabi ishlatilgan?

A) Karl V B) Filipp IV C) Lyudovik XI D) Filipp II



Yüklə 116,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin