26-mavzu 1. Movarounnahr istilo qilingach, zabt etilgan o’zga
mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islom dinigina
emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Buning
asosiy sababi nima edi?
A) chunki arab tili xalqaro muloqot tili edi
B) chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili
edi
C) chunki mahalliy aholining arab tilini joriy etilishiga
mayilligi borligi edi
D) chunki ko’plab arablarni Movarounnahrga ко’chib
kelganligi edi
2. Qachon “Bayt ul-hikma” - “donishmandlik uyi” tashkil
etilgan edi?
A) IX asr. B) X asr. C) XI asr. D) XII asr.
3. Qaysi shaharda “Bayt ul-hikma” - “donishmandlik uyi”
tashkil etilgan edi?
A) Madina. B) Damashq. C) Makka. D) Bag’dod.
4. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida astronomik
kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi?
A) Makka va Madina.
B) Bag’dod va Damashq.
C) Qohira va Quddus.
D) Samarqand va Buxoro.
5. “Bayt ul-hikma” - “donishmandlik uyi” da qaysi olimlar
ijod qilgan?
1. Abu Nasr ibn Iroq.
2. Muso al-Xorazmiy.
3. Abulxayr ibn Hammor. 4. Ahmad al-Farg’oniy.
5. Abu Sahl Masihiy.
6. Ahmad al-Marvaziy.
7. Abu Rayhon Beruniy. 8. Al-Abbos Javhariy.
9. Abu Ali ibn Sino.
10. Yahyo bin Abu Mansur.
A) 1-2-3-4-5. B) 6-7-8-9-10. C) 1-3-5-7-9. D) 2-4-6-8-10.
6. IX asrda Bag`dod shahrida tashkil topgan ”Bayt ul-
hikma”ga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir
qatorda ...
A) Qadimgi lotin va hind olimlarining ilmiy merosini
o`rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan
shug`ullanardilar
B) Qadimgi yahudiy va xitoy olimlarining ilmiy merosini
o`rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan
shug`ullanardilar
C) Qadimgi yunon va yahudiy olimlarining ilmiy merosini
o`rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan
shug`ullanardilar
D) Qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini
o`rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan
shug`ullanardilar.
7. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nechanchi
yillarda yashagan?
A) 781-848-yillarda. B) 783-850-yiIIarda.
C) 797-865-yillarda. D) 873-950-yillarda.
8. 813-833-yillarda kim Arab xalifasi bo’lgan?
A) Mahmud. B) Ma’mun. C) Mas’ud. D) Mo’min.