7-sinf O`zbekiston tarixi 2017 -yilgi nashr asosida Mavzulashtirilgan testlar


Rasmiy sahifalarimiz:@Zakovatli_Tarixchilar @Tarixdan_Testlaruz



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#200501
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
7 sinf O\'zbek Tarix Mavzulashtirilgan Testlar

Rasmiy sahifalarimiz:@Zakovatli_Tarixchilar @Tarixdan_Testlaruz
45
45
7. Kim 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab,
o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi?
A) Sulton Ahmad Mirzo. B) Xalil Sulton Mirzo.
C) Sulton Husayn Mirzo. D) Said Sulton Mirzo.
8. Xalil Sulton Mirzo kimning o’g’li?
A) Umarshayx. B) Shohrux.
C) Mironshoh. D) Jahongir.
9. Nimalar vositasida Xalil Sulton Sohibqironning nufuzli
a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o’z tarafiga og’dirib
Movarounnahr taxtini egallab olgan?
A) suyurg’ollar vositasida
B) ko’plab tarxonlar berishi orqali
C) Amir Temurdan qolgan xazinalar vositasida
D) Amir Temur bergan vorislik yorlig’i vositasida
10. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib kimlar isyon
ko’taradilar?
A) Amir Xudoydot va Shayx Nuriddin.
B) Amir Berdibek va Umarshayx Mirzo.
C) Amir Abdulholiq va Amirak Ahmad.
D) Amir Nasrullo va Abulqosim Bobur.
11. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib qayerlarning
hokimlari isyon ko’taradilar?
1. O’ratepa. 2. Shohruxiya. 3. Turkiston. 4. Farg’ona.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4.
12. Kim Pirmuhammadning yo’lini to’sib, uning rejalarini
buzib yuborish niyatida Amudaryoning o’ng tomonidagi
yerlarni o’z hokimiyatiga qo’shib oladi?
A) Sulton Husayn Mirzo B) Xalil Sulton Mirzo
C) Abu Bakr Mirzo
D) Xudoydod Husayniy
13. Ma’lumki, Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap
sohili viloyatlarida o’z hokimiyatini o’rnatmoq niyatida
Xalil Sulton Mirzoga qarshi bosh ko’taradi. Sulton Husayn
Mirzo Xalil Sulton Mirzoga kim bo’ladi?
A) akasi B) amakisi C) jiyani D) ukasi
14. XV asr boshlarida Amir Temur taxtining qonuniy
valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil
Sultonga qarshi qaysi hududga askar tortadi?
A) Samarqand tomonga
B) Buxoro tomonga
C) Termiz tomonga
D) Nasaf tomonga
15. Pirmuhammad qachon vaziri Pir Ali Toz boshliq
fitnachilar qo’lida halok bo’ladi?
A) 1407-yil 21-fevral. B) 1407-yil 22-fevral.
C) 1407-yil 23-fevral. D) 1407-yil 24-fevral.
16. Qachon Qoraqo’yunli turkmanlarning qabila boshlig’i
Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok boladi?
A) 1408-yil 21-aprel. B) 1408-yil 22-aprel.
C) 1408-yil 23-aprel. D) 1408-yil 24-aprel.
17. Mironshoh Mirzo halok bo`lgach, qaysi hududlar
temuriylar tasarrufidan chiqib ketadi?
A) Armaniston va Gurjiston B) Ozarboyjon va Iroq
C) Gurjiston va Iroq D) Ozarboyjon va G`arbiy Eron.
18. 1409-yil bahorida kim Samarqand tomonga askar tortadi?
A) Xudoydod Husayniy. B) Shayx Nuriddin.
C) Muhammad Jahongir. D) Amirak Ahmad.
19. 1409-yil bahorida Amir Xudoydod qaysi shaharlarni
osongina qo’lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi?
1. O’ratepa. 2. Shohruxiya. 3. Turkiston. 4. Farg’ona.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4.
20. 1409-yil bahorida Amir Xudoydod qayerda sodir
bo’lgan jangda Xalil Sulton qo’shinini mag’lubiyatga
uchratadi?
A) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida.
B) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida.
C) Bag’dod yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida.
D) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida.
21. Qachon Shohrux Amudaryodan o’tib, Samarqand sari
yurish qiladi?
A) 1409-yil 25-aprel. B) 1409-yil 26-aprel.
C) 1409-yil 27-aprel. D) 1409-yil 28-aprel.
22. Qandgy maqsadda Shohrux boshlagan harakat mamlakat
fuqarolarining ko’pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi?
A) temuriyzodalar va amirlar o’rtasida sulh tuzilishiga
erishish
B) temuriyzodalar va amirlar o’rtasidagi kurashga xotima
berish
C) temuriyzodalar va amirlar tomonidan Xalil Sultonni tan
olinishiga erishish
D) Movarounnahr va Xurosonda Pirmuhammad
hukmronligini o’rnatishga harakat qilishi
23. Kimning hukmronligi davrida Amir Temur saltanati ikki
davlatga bo’lingan edi?
A) Umarshayx. B) Shohrux.
C) Mironshoh. D) Jahongir.
24. Shohrux hukmronligi davrida Amir Temur saltanati ikki
davlatga bo’lingan edi. Ular qaysilar edi?
A) Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux
boshchiligidagi davlat bo’lib, uning markazi Kobul shahri
edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr
va Turkiston hududida Ulug’bek boshchiligidagi davlat
bo’lib, Buxoro uning poytaxti edi.
B) Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux
boshchiligidagi davlat bo’lib, uning markazi Marv shahri edi.
Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va
Turkiston hududida Ulug’bek boshchiligidagi davlat bo’lib,
Toshkent uning poytaxti edi.
C) Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux
boshchiligidagi davlat bo’lib, uning markazi Balx shahri edi.
Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va
Turkiston hududida Ulug’bek boshchiligidagi davlat bo’lib,
Urganch uning poytaxti edi.
D) Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux
boshchiligidagi davlat bo’lib, uning markazi Hirot shahri edi.
Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va
Turkiston hududida Ulug’bek boshchiligidagi davlat bo’lib,
Samarqand uning poytaxti edi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin