7-sinf O'zbekiston tarixi 2017-yilgi nashr asosida



Yüklə 75,5 Kb.
tarix19.10.2022
ölçüsü75,5 Kb.
#65537
1-mavzu test



7-sinf O'zbekiston tarixi 2017-yilgi nashr asosida Mavzulashtirilgan testlar.

1-mavzu



  1. Qaysi so’z qabila begi, hukmdor degan ma’noni anglatadi?

  1. “Turkman” B) “Qozoq” C) “Mo’g’ul” D) “O’zbek”

  1. Qachon Samarqandda buyuk allomalar ilmiy me’rosiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazilgan?

  1. 2014-yil 13-14-may B) 2014-yil 14-15-may C) 2015-yil 13-14-may D) 2014-yil 15-16 may

  1. Ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi” deb atalgan katta yer egasi bu ... ?

  1. Chokar B) Dehqon

C) Koshavarz D) Kadivar

  1. Qachon mamlakatimizda Arab xalifaligi o‘rnatildi?

  1. VIII asrning boshlari B) VII asrning boshlari

C) VIII asrning oxiri D) IX asrning boshlari

  1. Ilk o’rta asrlarda zamonasining qaysi buyuk davlatlari davrida qadimgi Turon diyorida yuksalish boshlangan?

  1. Qang’ davlati va Kushon podsholigi

  2. Xorazm va Eftaliylar

  3. Davan va Qang’ davlati

  4. Baqtriya va Sug’d davlati

  1. Ilk o’rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi?

  1. Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida

  2. Dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida

  3. Dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida

  4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida

  1. Ilk o‘rta asrlarda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi?

  1. Yirik o‘rta asr davlatlari shakllana boshladi;

  2. Ziroatkor maydonlarga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshladi

  3. Sex hunarmandchiligiga va o‘ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo‘lgan o‘rta asr shaharlari vujudga keldi;

  4. O'troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o'rtasidagi aloqalar rivojlandi;

  1. Xalqlarning buyuk ko‘chishlariga olib keldi;

  2. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholinining o‘troq hayotga o'tishining kuchayishi natijasida obikor yerlarga bo'lgan muhtojlik oshib bordi;

  3. Ikki dalali almashlab ekish joriy qilindi;

  4. Katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi.

  1. 2,4,6,8 В) 1,3,6,8 C) 1,2,4,6,7,8 D) 1,3,5,7

  1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?

  1. Dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol- mulkka ega bo'lib qolishi natijasida

  2. Nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o'tishi va merosiy mulkiga aylanishi natijasida

  3. Chorvadorlarning ko'psonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo'lib qolishi natijasida

  4. Dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi

  1. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olar edilar. Bu yo‘l bilan ular qanday imkoniyatlarga ega bo’lardilar?

  1. Barcha sug‘orish inshootlarini egasi bo‘lish

  2. Suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq ziroatkor mehnatkashlarining yerlariga yetarlicha suv yetkazib berish va dehqonchilikda faqat o‘zlari uchun suvdan bemalol foydalanish

  3. Suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish

  4. O’z ekin maydonlarini meyyoriga yetirib sug’orish va mo’l hosil olish imkoniyatiga ega bo’lganlar

  1. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda sarkorlar qishloqlarda o‘z ta’sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. O‘sha zamonda ular nima deb atalgan?

  1. Kashovarzlar B) Kadivarlar C) Dehqonlar D) Ziroatkorlar

  1. Kimlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do’kon-u rastalaridan iborat kattagina xo’jalikka ham ega edilar?

  1. Kadivar. B) Kashovarz. C) Chokar. D) Dehqon.

  1. Qachon dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar tabaqalari shakllandi?

  1. Ona urug’i davrida. B) Ilk o’rta asrlarda.

C) Rivojlangan o’rta asrlarda D) Eng yangi asrda.

  1. “Dehqon” so’zining ma’nosi nima?

  1. “Viloyat hokimi” B) “Shahar hokimi”.

C) “Tuman hokimi” D) “Qishloq hokimi”.

  1. Ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa qanday atalgan?

  1. Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon

  1. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan?

  1. Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon

  1. Ilk o’rta asrlarda ziroatchi oddiy qo’shchilar qanday atalgan?

  1. Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon

  1. Ilk o’rta asrlarda dehqon mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbon qanday atalgan?

  1. Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon

17 . V asrning o’rtalariga kelib....

  1. Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi mulkdor dehqonlar qaramog'iga o’tdi.

  2. Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi mulkdor dehqonlar tomonidan kadivarlarga ijaraga berilar edi

  3. Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi mulkdor dehqonlar tomonidan kashovarzlarga ijaraga ber edi

  4. Ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy^ ham qishloq jamoalarining qaramog'ida edi.

Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin