91
Ushbu xavfsizlik muammosini yechish uchun SNMPv3 protooli yaratilgan,
u uchta variantda ishlatilishi mumkin:
1.
noAuthNoPriv
– parollar ochiq ko‘rinishda uzatiladi, ma‘lumotlar
konfidensialligi mavjud emas;
2.
authNoPriv
– konfidensialliksiz autentifikatsiya;
3.
authPriv
– autentifikatsiya va shifrlash.
Ma‘lum bo‘lganidek, aynan uchinchi
variant eng yaxshi hisoblanadi, u
himoyalanganlikni maksimal darajada ta‘minlaydi.
Shuni qo‘shimcha qilish mumkin, SNMP protokoli istalgan korporativ
tarmoqning ahamiyatli qismi hisoblanadi. U barcha IT-infratuzilmani
monitoring
qilish uchun keng qo‘llaniladi. Hatto ushbu maqsad uchun maxsus dasturiy
ta‘minot (masalan
Zabbix
) mavjud, u butun tarmoq to‘g‘risida axborotlarning
katta miqdorini yig‘adi. Ushbu axborotlar agar buzg‘unchining ―qo‘liga‖
tushsa
taqdid tug‘dirishi mumkin. Aynan shuning uchun SNMP ning himoyalangan
variant sizning tarmog‘ingiz xavfsizligi uchun ahamiyatli qadam hisoblanadi.
Log fayllarni tadqiq etish
Agar siz qachondur Tarix darslariga qatnashgan bo‘lsangiz, ―Tarixiy
xotirasiz kelajak yo‘q‖ degan ma‘nodagi frazalarni eshitgansiz. Bunda axborot
xavfsizligi sohasida ham tadbiqiga ega bo‘lgan chuqur ma‘no bor. Bizning holatda
tarix darsligi sifatida log fayllar (logs) xizmat qiladi.
Ular voqealar jurnali,
registratsiya fayllari deb ham nomlanadi. Qanday nomlanishiga qaramasdan
mazmuni bitta – barcha voqealar to‘g‘risida xronologik tartibda yozuvlarni
saqlash. ―Voqealar‖ deganda aniq nimalar tushinilishiga
keyinroq yana
to‘qtalamiz.
Ko‘pchilik tizim administratorlari loglarga beparvolik bilan munosabat
qilishadi. Loglarni umuman yig‘maydi yoki ularga diqqat qaratishmaydi. Ayni
paytda, loglar nosozliklarni izlashda (
Dostları ilə paylaş: