8- Maktabda fan olimpiadalari va turli xil tanlovlarni tashkil etish
Reja:
1. Umumta’lim maktablarida fan olimpiadalarini o‘tkazish to‘g‘risida “nizom” va unda belgilangan vazifalar
2.Maktab fan o‘qituvchilarini olimpiada va ko‘rik tanlovlari bo‘yicha muvofaqiyatli ishlarini rag‘batlantirish
3.Maktab o‘quvchilarini olimpiada va ko‘rik tanlovlarga tayyorlash.
Tayanch iboralar: maktab, fan olimpiadadasi, xalqaro olimpiada, milliy olimpiada, iqtidorli yoshlar, umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, rag’batlantirish.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2019 yil 3 maydagi PQ–4306-son qaroriga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʼtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi ‘Umumiy oʼrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida’ qarori hamda “Umumiy oʼrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash toʼgʼrisida NIZOM ishlab chiildi.
Ushbu Nizomning 1-bob Umumiy qoidalarida quyidagilar o’z aksini topgan:
- Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-son qaroriga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʼyicha respublika olimpiadalarini (keyingi oʼrinlarda fan olimpiadalari deb ataladi) tashkil etish, oʼtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda fan olimpiadalari gʼoliblarini taqdirlash, sertifikat berish va ularning oʼqituvchilarini ragʼbatlantirish tartibini belgilaydi.
- Fan olimpiadalarini tashkil etish, oʼtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Fan olimpiadalari boʼyicha iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash departamenti (keyingi oʼrinlarda Departament deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
a) iqtidorli oʼquvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish, sohada ilgʼor tajribalarni ommalashtirish va ular asosida taʼlim muassasalari uchun tavsiya va qoʼllanmalar ishlab chiqish;
b) umumiy oʼrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish, ularning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash;
v) yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
g) xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan olimlar, professor-oʼqituvchilar, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda tayyorlash, ingliz tili va rus tili fanlaridan muloqot qilish koʼnikmalarini shakllantirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etish;
d) fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʼquvchilarning kelgusidagi faoliyatini monitoring qilib borish va qoʼllab-quvvatlash choralarini koʼrish.
4. Departament fan olimpiadalari uchun tayyorlanadigan topshiriqlar (test, yozma va amaliy ishlar hamda laboratoriya mashgʼuloti)ni davlat taʼlim standartlari va oʼquv dasturlariga mazmunan mos kelishini taʼminlaydi.
Topshiriqlar iqtidorli oʼquvchilar uchun moʼljallangan boʼlib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida xalqaro fan olimpiada materiallaridan foydalanishlari mumkin.
5. Fan olimpiadalari quyidagi turlarga boʼlinadi:
a) umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida umumtaʼlim fanlari boʼyicha asosiy olimpiadalar (keyingi oʼrinlarda milliy fan olimpiadasi deb ataladi);
b) Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida qoʼshimcha respublika olimpiadalari (keyingi oʼrinlarda mahalliy fan olimpiadasi deb ataladi);
v) umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari orasidan xalqaro fan olimpiadalariga saralash (keyingi oʼrinlarda xalqaro fan olimpiadalari deb ataladi);
g) umumiy oʼrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari oʼrtasida onlayn fan olimpiadalari (keyingi oʼrinlarda onlayn olimpiada deb ataladi).
6. Quyidagilar fan olimpiadalari ishtirokchilari hisoblanadi:
a) milliy fan olimpiadada umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 9 — 11-sinf, akademik litseyning 1-va 2-bosqich hamda kasb-hunar kollejlarining 1 — 3 bosqich oʼquvchilari;
b) mahalliy fan olimpiadada oʼtgan oʼquv yilida oʼtkazilgan milliy olimpiadaning III bosqichida gʼolib boʼlgan (1 — 3-oʼrin) umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 10-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqich oʼquvchilari;
v) xalqaro fan olimpiadada oʼtgan oʼquv yilida oʼtkazilgan milliy olimpiadaning III bosqichida 1-5-oʼrinlarni egallagan umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 9-10-11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-2 (3)-bosqich oʼquvchilari;
g) onlayn fan olimpiadasida umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 4-11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-va 2(3)-bosqich oʼquvchilari.
7. Departament fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʼrish hamda yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida ochiq va shaffof tarzda oʼtkazishni taʼminlaydi.
8. Fan olimpiadalarining viloyat va respublika bosqichi natijalari Departamentning rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilinadi.
9. Fan olimpiadalarni oʼtkazish tartibi va baholash mezonlarini Xalq taʼlimi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqadi.
10. Fan olimpiadalarning har bir bosqichini tashkil etish va oʼtkazish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining hududiy boshqarmalari masʼullaridan iborat tashkiliy qoʼmita tuziladi.
11. Fan olimpiadalarini oʼtkazish boʼyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Xalq taʼlimi vazirligi tuzilmasidagi Departament, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidigi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, hamda ularning hududiy boʼlinmalari oʼz buyruqlari bilan tashkiliy qoʼmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Fan olimpiada g’oliblari quyidagich rag’batlantiriladi:
- xalqaro olimpiadalar gʼoliblari va ularning oʼqituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʼrin (oltin medalь) uchun — 500, oʼqituvchisiga — 450 baravari;
2-oʼrin (kumush medalь) uchun — 300, oʼqituvchisiga — 250 baravari;
3-oʼrin (bronza medalь) uchun — 200, oʼqituvchisiga — 150 baravari;
- milliy olimpiadalar respublika bosqichi gʼoliblarining oʼqituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʼrin uchun — 50, oʼquvchisiga — 40 baravari;
2-oʼrin uchun — 35, oʼquvchisiga — 25 baravari;
3-oʼrin uchun — 30, oʼquvchisiga — 15 baravari;
- xalqaro olimpiadalar gʼoliblarini tayyorlagan oʼqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʼquv yili uchun direktor jamgʼarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʼyicha tegishincha qoʼshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʼlanadi;
Taʼlim muassasalarida oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan:
-xalqaro olimpiadalar gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz;
-milliy olimpiadalar respublika bosqichi gʼoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʼlanadi;
- oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan olimpiada gʼoliblariga «ustoz-shogird» tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarning biriktirilishi;
- oliy taʼlim muassasasini tamomlagan olimpiada gʼoliblari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʼyicha «El-yurt umidi» jamgʼarmasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagiPQ-4306-son qarorining 1-ilovasida nazarda tutilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi milliy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va gʼoliblar hamda ularni tayyorlagan oʼqituvchilari milliy olimpiada gʼoliblari uchun belgilangan ragʼbat va imtiyozlardan foydalaniladi.
Mustahkamkash uchun savollar
1. Iqtidorli oʼquvchilarni tanlash tartibi qanday?
2. Fan olimpiadalarni oʼtkazish tartibi va baholash mezonlari haqida ma’lumot bering?
3. Ko‘rik tanlovlarni o’tkazishning tizimliligi deganda nimani tushunasiz?
4. Fan olimpiadalari va ko‘rik tanlovlar g’oliblari qanday imtiyozlarga ega?
Dostları ilə paylaş: |