ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan
qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
•
Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36
mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30
mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan
Ularning 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar
oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir
mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan
bo’lsak, ularning milliy, diniy va irqiy
asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari
ekanini anglatadi.
• Dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar,
qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika
viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning
faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida
O’zbekiston hukumatining qaroriga binoan madaniyat
ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo
madaniyat markazi tashkil etildi.
• Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishi va
ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan keyin boshlandi. 1992 yilning yanvarida
Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika
millatlararo Baynalminal markazi Respublika
baynalminal, madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi
madaniyat markaziga aylantirildi.
• Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va
milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu
erda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf
odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va
madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni
uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub
fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga
tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat
madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda
faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr
oqibat muxitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona
oila tuyg’usini qayta-qayta his etish
“O’zbekiston
umumiy uyimiz”
degan so’zlar zamiridagi chuqur
ma’noni anglab olish imkonini beradi.
• Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi - xilma-xil diniy
e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir
Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va
hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.
•
Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga
asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga
tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va
bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya
ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat
a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti
hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda islom,
nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan.
Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov,
xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga
mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib
kelayotgani buning tasdig’idir.
• Hozirgi kunda O’zbekistondagi turli konfessiyaga
mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o’zaro
teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida
amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli
dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning
hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda
tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha
kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida
hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga
ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga
ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
• Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan
ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda
o’zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga
xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy
hayotni rivojlantirishga yo’nalganlik diniylikning
ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik
dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda
dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik,
tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni
tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham
diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash
vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega
bo’lishga undaydi.
• “ Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning
ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan
faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron
qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan
mutassiblik) sifatida foydalanilganligini
ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga
xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor, o’z
dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa
diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda
bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan
odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda
beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir
bo’ladilar”
• I.A Karimov
• Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik
(tolerantlik) va dinlararo murosa borasida
faqat MDH davlatlariga emas, balki butun
dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda
Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSH
senatori Xillari Klinton xonim, AQSH sobiq
davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya
qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga
tashriflari vaqtida ta’kidlab o’tgan fikrlari
bunga misoldir. Albatta, xalqimizga azaldan xos
bo’lgan bu xislat o’zining uzoq tarixiga ega.
• I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat
hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday
deydi: “
Biz din bundan buyon ham aholini oliy
ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy
va madaniy merosdan bahramand qilishi
tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy
da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat,
iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun
bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu
holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun
jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz
”.
Dostları ilə paylaş: |