8 – sinf o’zbekiston tarixi


Bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə38/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
8-o\'zbek

Bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas,
Yaxshi odam dushmanini kuldirmas,
Qo’ldan kelsa unga davron surdirmas,
Yer yigitning joni qurbon xalq uchun.
Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Uning „Avlodlar", „Omongeldi", „Oydo’stbiy", „Ernazarbiy" kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, „Omongeldi" dostoni Buxoro amirligiga qarshi ko’tarilgan (XVIII asr) qo’zg’olon boshlig’i Omongeldi jasoratiga bag’ishlangan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon „Ernazarbiy" dostonida ham aks ettirilgan. 1998- yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tug’ilgan joy - Bo’zatovda ham Berdaq byusti o’rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo’yildi.


VII bob. XVIII - XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligi.


32- §. Qo’qon xonligining tashkil topishi.
Shohruhbiy xonlik asoschisi. Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida- edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e'lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilganlar. Ming qabilasi yoiboshchilaridan biri Shohruhbiy hukmdor (1709-1721) deb e’lon qihnadi. 1710- yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, O’rta Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi. Shohruhbiyning o’gii Abdurahimbiy (1721 - 1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib, vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi (1733 - 1750). U Eskiqo’rg’on qal'asi yonida hozirgi Qo’qon shahriga asos solib, o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chiradi. Shahar atrofini devor bilan o’ratadi. Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va o’zganni bo’ysundirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqazildi (1763 - 1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.anbalarda keltirilgan malumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Mamlakatning qudrati o’sgan, hatto Xitoy imperiyasi Qo’qon xonligini tan olgan. Norbo’tabiy, vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqazildi. Uning davrida (1798 - 1810) Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal'asi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman Qo’qon xonligi deb e'lon qildi, o’ziga esa „xon" rutbasini oldi va uni rasman Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug’dirdi. Natijada ular Qo’qonda „Olimxon Toshkentda o’ldi" deb mish-mishlar tarqatishadi va uning ukasi Umarbekni xon deb e'lon qiladilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo’qonga kelayotganida fitna qurboni bo’ladi.
Davlat tuzumi va boshqariluvi. Qo’qon xonligi davlat tuzumiga ko’ra mutlaq monarxiya edi. Davlat boshlig’i xon bo’lib u rasman cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. - Xon davlatni hukmron qabila, ruhoniylar, boshqa qabilalarning hukmron tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib boshqargan. Tarixchi olim Mahmud Hoji o’zining „Turkiston tarixi" kitobida 24 ta katta davlat mansabiga ta'rif bergan. Unga ko’ra, xondan keyingi o’rinda qo’shbegi turgan. U xonning birinchi maslahatchisi bo’lib, ayni paytda katta shaharlardan biriga mustaqil hokim etib ham tayinlangan. Chunonchi, Toshkent shahrini ma'lum bir vaqtda qo’shbegi boshqarganligi manbalarda qayd etilgan. Parvonachi mansabi ham o’z nufuzi jihatidan qo’shbegi vakolatiga teng bo’lgan. Bora-bora xonlikda mingboshi mansabi birinchi o’ringa chiqqan. U xonlikda bosh vazir hisoblangan. Xonlikda xudoychi mansabidagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalarni qabul qilish biian shug’ullangan. Ayni paytda xon yotog’i posbonboshisi, miroxur, sarbozlar boshlig’i, naqib, otaliq, dodxoh, mehtar, yuzboshi, o’n boshi kabi mansablar ham joriy etilgan. Bundan tashqari, islom shariati qoidalarining amal qilishiga mas'ul bo’lgan katta nufuzga ega lavozimlar ham bo’lgan. Bular shayxulislom, qozikalon, qozi, qozi askar, muftiy lavozimlari edi. Bu mansablarga faqat ulamolar vakillari tayinlangan. Xonlikda shig’ovul, muhtasib, daftardor, sarkor, inoq kabi mansablar ham bo’lgan. Ma'muriy-hududiy jihatdan xonlik viloyatlarga (o’n beshta), beklik va oqsoqolliklarga bo’lingan. Olimxon davrida o’tkazilgan harbiy islohotga ko’ra botirlar deb ataluvchi muntazam armiya ham tuzila boshlangan. Har bir botirga oyiga 50 tanga maosh belgilangan. Daftardor-xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor. Sarkor - davlat xazinasiga tushadigan mahsulotlarni saqlovchi amaldor. Shig’ovul - mansabdorlar ishi ustidan nazorat qilib boruvchi amaldor. Muhtasib - shariat qonunlarining fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qiluvchi amaldor.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin