8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Elektron adabiyotlarni yaratish



Yüklə 119 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü119 Kb.
#145790
8-amaliy mashg\'ulot


8-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Elektron adabiyotlarni yaratish
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va oʻquv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta‘lim sohasida qoʻllanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron oʻquv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular oʻz tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy oʻqitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.

Ushbu sohaning yangiligi va oʻquv-uslubiy ta‘minotning yoʻqligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklaming sifat darajasiga jiddiy ta‘sir koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni oʻquv jarayonida samarali qoʻllashga toʻsqinlik qilyapti deyish mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar oʻtilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta‘sir koʻrsatishini bilish kerak.
Elektron darsliklarning an‘anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
Oʻquv axborotlarining taqdim etilish shakli.
Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.


Oʻqituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin:
multimedia ma‘lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;
qidirish va yoʻllash imkoniyatlarini kiritish;
olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;
tarmoq texnologiyalari asosida oʻqituvchi va oʻquvchining oʻzaro interaktiv va teskari aloqasining yoʻlga qoʻyilishi.

Elektron darsliklardan oʻquv jarayonida keng foydalanishning asosiy muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni oʻqishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta oʻquv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material, gipermatn koʻrinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya, animatsiya va video qoʻllaniladi. Elektron darslik materiali oʻqituvchiga diktor ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou koʻrinishdagi material bilan birga beriladi. Audio va videoaxborotlarning oʻzaro birgalikda qoʻllanishi oʻqitish samaradorligini keskin yuksaltiradi.


Elektron darslikni loyixalash bosqichlari
1-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanni tanlash.
2-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanning mazmuniga asosan ma‘ruza mashg‘ulotlarini berish usullarini aniqlash.
3-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanning mazmuniga asosan amaliy semenar va laboratoriya mashg‘ulotlarini berish usullarini aniqlash.
4-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanning mazmuniga asosan multimediali texnologiyalarni qoʻllash usullarini aniqlash.
5-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanning mazmuniga asosan nazorat savollarini berish usullarini aniqlash.
6-bosqich. Elektron darslik yaratiladigan fanning mazmuniga asosan qoʻshimcha ma‘lumotlarni berish usullarini aniqlash.
Mavzu boʻyicha amaliy mashg‘ulotlar toʻplami
1. Matematika boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
2. Fizikan boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
3. Informatika boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
4.Filologiya boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
5. Huquq boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
6. Adabiyot boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
7. Biologiya boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
8.Chettili boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
9. Kimyo boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
10. Jismoniy tarbiya boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
11. Noshirlik ishi boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
12.Tipografiyada elektron vositalar boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
13. Kutubxonada elektron vositalar boʻyich elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
14.Qurilishda elektron vositalar boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
15.Iqtisodiyotda elektron vositalar boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
16. Tibbiyotda elektron vositalar boʻyicha elektron darslikni loyixalash bosqichlarini amalga oshiring.
Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin