Imperiyani kengaytirgan kirolicha Buyuk Yekaterina II(1729 — 1796). 34 yil Rossiya imperiyasini boshkargan. Yekaterina II davrida mamlakatning garbi va janubidagi 518.000 km2lik xudud Rossiya tarkibiga kiritildi. Krim, Ukraina, Belarus, Latviya va Litva kabi ulkalarni uz imperiyasiga kushib oldi. Yekaterina II uz navbatida madaniyat va san’atga xam mexri baland inson bulgan. Uz zamonasining faylasuflari bulmish Volter, Diderot va D'Alembertlar bilan yozishmalar kilib turgan. 1764 yilda Yevropadan keltirgan 250 ta san’at asarini namoyish kilish maksadida Sankt Peterburgda Ermitaj muzeyini barpo kildiradi. Bu muzey ayni damda xam dunyoning eng kadimiy muzeylaridan biri sifatida faoliyat kursatmokda. “Nobelь”ni olgan ilk ayolMariya Kyuri (1867 - 1934) Kelib chikishi polьshalik frantsuz kimyogari. Asl ismi Mariya Sklodovska bulgan olima fizika fani ukituvchi bulgan. Uran elementi ustida utkazgan tajribalari orkali radioaktivni kashf kildi. Ushbu tadkikotlari sababli 1903 yilda ayol olimalar ichida ilk bor fizika soxasida “Nobelь” mukofotini olgan. 1911 yilda ikkinchi bor ushbu mukofotni kulga kiritdi, bu gal kimyo soxasida. SHu tarika u “Nobelь” mukofotini ikki marta kulga kiritgan birinchi insonga aylandi. Uning kilgan tadkikotlari bir elementning radioaktiv ishlovdan keyin boshka bir elementga aylana bilishini kursatardi. Bu kimyo soxasidagi yangi bir saxifaning ochilishi edi. 1934 yilda kon saratonidan vafot etdi. Ushbu kasallikka radiatsiya nurlarida kuprok kolish sabab bulganligi ma’lum kilindi. SHu bois uni fan uchun kurbon bulgan olima sifatida tan olishgan.