№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Terrorizm va diniy ekstremizm – insonlarni xalokatga olib keluvchi manba



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə28/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#148203
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

20-Mavzu: Terrorizm va diniy ekstremizm – insonlarni xalokatga olib keluvchi manba.
Rivoyat qilishlaricha, islomiy da’vatlarning dastlabki yillarida Makka mushriklari Rasuli akramning oldiga kelib, aytadiki:

  • Ey, Muhammad! Eshitishimizcha, sen Arabistonning podshosi bo‘lar emishsan. Agar, biz sening diningga kirsak, saltanatni teng bo‘lishasanmi, yo‘qmi?

  • Shunda Rasululloh: “Yo, tavba, bu odamlar saltanat hasratida musulmon bo‘lmoqchi, shekilli!” deb hayratga tushadi.

2005 – yil may oyidagi Andijon voqealari respublikamizdagi ijobiy o‘zgarishlardan talvasaga tushayotgan kuchlar g‘arazli geosiyosiy maqsadlari yo‘lida mafkuraviy xurujni amalga oshirish, aholi ongini zaharlash, hiyonatkor va fitnachi guruhlarni tarbiyalashga yangicha tus berayotganlarini ko‘rsatdi.
Mavzuni “Terrorizm va diniy ekstremizm hamda buzg‘unchi oqimlar haqida” deb nomladik, shu bois mavzumizni yaxshi anglab olishimiz uchun terrorizm, ekstremizm va fundamentalizm so‘zlarining ma’no mazmunini aniqlashtirib olishimiz talab etiladi.
Terrorizm (lotincha terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘rovonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy hususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun, terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshrilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.19
Ekstremizm (lotincha. Extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora - tadbirlar, fikr - qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra – hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlatlar, pravoslavlar orasida ham uchratish mumkin.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qayerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar.20

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin