№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə38/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#148203
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

29-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev boshchiligida 2019 yil 19 mart kuni o’tkazilgan videoselektorda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha
Davlat rahbari boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg’u berildi.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o’zi ko’rsatib turibdi.
SHu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin