Onamni asragin. Onam mening bxhtim Mening hayotim,u mening borlig’im, ko’kdagi oyim. Yuragimda o’chmas mangu bayotim Xudoyim onamni asragin doim. Tongda turib menga taxtlar tilagan O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan Yig’lasam yupatib boshim silagan Xudoyim onamni asragin doim. Onamga deb. Hursand bo’ldim---nigoh soldim, olamga deb O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb, Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech, Nima qildim yolqizgina onamga deb. Mehri bilan murg’ak jonim o’sar edi, menga kelgan balolarni to’sar edi. Yuragimni ming bir armon kesar edi, Nima qildim yolg’izgina onamga deb Bol totmadim alla aytgan so’zi kabi, Vafodor yoq zor-intizor ko’zi kabi Topolmadim bir mehribon o’zi kabi, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Qator-qator uylar soldim, to’ylar qildim Alvon-alvon kimlargadir gullar terdim, Ulguraman hali vaqti bo’lar dedim, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Omad so’rab olgan edim duosini Topdim katta dunyolarning dunyosini Ammo netay pushaymon dil nidosini Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida Jigarimni dog’I bilan kuyganida Ojiz qoldim ajal uni suyganida, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi, Suv so’rasam darrov choylar tutar edi, Goh koyinsam---ichlariga yutar edi, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Mening g’amim mayus qildi ko’zlarini Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini, Endi yig’lab, izlad qoldim izlarini, Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Achchiq- achchiq ko’z yosh aylar ho’l diydamni Men o’zimga o’zim topdim shul sitamni, Axir-axir sog’inaman volidamni Nima qildim yolg’izgina onamga deb. Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling, Bobur kabi so’ng o’rtangmang, hushyor bo’ling, Nima qildim yolg’izgina onamga deb.